08:56 (25.10.2023)
1726
Dunyodagi birinchi ro‘yxatga olingan koronavirus vaksinasi bo‘lmish “Sputnik V”, COVID-19 ning yangi – “Omikron” shtammi paydo bo‘lishi bilan himoyaviy xususiyatini butunlay to‘xtatdi. Bu haqda “Sputnik V” vaksinasi ishlab chiqargan Gamaley markazi boshlig‘i Aleksandr Ginzburg ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, “Sputnik V”ning asl nusxasi dastlabki ikki yil davomida, ya’ni 2020-yilning avgustidan 2022-yil iyuligacha COVID-19 dan himoya qilgan. Biroq 2022 yilning yozi o‘rtalaridan boshlab koronavirusning “Omikron” 1, 2 va 3 variantlari paydo bo‘lgach, vaksinaning samaradorligi sakkiz baravarga kamayib ketgan. 4 va 5-variantlar paydo bo‘lganida, samaradorlik 20 baravargacha tushgan.
“Va “omikron” (“Kraken”) ning XBB.1.5 versiyasi paydo bo‘lganida – bu 2023 yilning yanvarida edi – “Sputnik V” virusdan himoya qilishni butunlay to‘xtatdi. Shuning uchun o‘tgan yozda vaksinaning antigen tarkibini o‘zgartirish zarurati tug‘ildi”, deya qo‘shimcha qilgan olim.
Uning so‘zlariga ko‘ra, markaz olimlari laboratoriyada vaksinalarning yangi variantlarini tayyorlagan va ular bilan markaz xodimlarini emlashgan. Vaksinaning klinik sinovlari davom etmoqda va 10 dekabrda yakunlanadi. Odamlar yangi vaksina bilan 2024 yilning mart oyidan emlanishlari mumkin.