09:00 (06.11.2025)

39

Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasi “proaktiv shaklda” tayinlanadi

“Davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlarni tayinlash va toʻlash tizimini takomillashtirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF–206-son, 03.11.2025-y.) qabul qilindi. 

Mazkur farmonga koʻra, 2026-yil 1-yanvardan Oʻzbekistonda davlat ijtimoiy sugʻurtasining yangi tizimi joriy etiladi.

Bunda fuqarolar davlat ijtimoiy sugʻurtasi bilan quyidagi shartlarda qamrab olinishi belgilangan, jumladan:

  • majburiy asoslarda – Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisidagi qonun bilan miqdori belgilanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining bir qismi hisobidan;
  • ixtiyoriy asoslarda – mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 5 foizi miqdoridagi har oylik sugʻurta badalining eng kam miqdorini toʻlash evaziga.

Shuningdek, fuqarolarga davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlar ularning minimal sugʻurta staji va toʻlagan sugʻurta badaliga mutanosib ravishda Ijtimoiy himoya milliy agentligining Davlat ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi (Jamgʻarma) orqali toʻlanadi.

Jamgʻarma orqali quyidagilar proaktiv shaklda tayinlanadi va toʻlanadi:

  • 2026-yil 1-yanvardan homiladorlik va tugʻish nafaqasi;
  • 2026-yil 1-iyuldan vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasi.

Bundan tashqari, fuqarolarning murojaatlari asosida 2030-yil 1-yanvardan ishdan boʻshatish nafaqasi ham Jamgʻarma orqali tayinlanadi va toʻlanadi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech