15:53 (31.05.2024)
1202
Fransiyada farmatsevtika xodimlarining umumiy ish tashlashi uyushtirildi, natijada butun mamlakatdagi dorixonalarning 90 foizi yopildi. Namoyishning asosiy sabablari dori-darmon taqchilligi va ish haqining pastligi.
Fransiyada farmatsevtika mutaxassislari umumiy ish tashlash uyushtirdilar, natijada butun mamlakat boʼylab dorixonalarning 90 foizi yopildi. Bu farmatsevtlarning soʼnggi oʼn yildagi eng yirik noroziligi boʼldi, deya xabar beradi Franceinfo radiostantsiyasi.
Ish tashlash farmatsevtlar federatsiyasi kasaba uyushmalari (FSPF) va farmatsevtlar uyushmasi (USPO) tomonidan tashkil etilgan. Ularning maʼlumotlariga koʼra, oʼsha kuni Frantsiyadagi 20,5 ming dorixonadan 18 mingtasi (90%) ishlamay qolgan. Qayd etilishicha, ayrim farmatsevtlar ishdan ketishga majbur boʼlmoqda.
Namoyishga dori-darmon taqchilligi, ish haqining pastligi va retsept boʼyicha dori-darmonlarni internet orqali sotishga ruxsat beruvchi qonunning qabul qilinishi mumkinligi haqidagi xavotirlar sabab boʼlgan.
Kasaba uyushmalari, shuningdek, farmatsevtika mutaxassislari taʼminot uzilishlari tufayli bemorlarga muqobil dori-darmonlarni izlash uchun katta vaqt sarflashga majbur boʼlishlarini taʼkidladilar. Bu jarayon esa vaqt talab etadi va dorixonaga tashrif buyuruvchilarning noroziligiga sabab boʼladi.
Fransiyada dorixonalar soni kamayib bormoqda. Oʼtgan yili 283 ta, soʼnggi oʼn yil ichida 2 mingga yaqin dorixona bankrot boʼlgan.
Farmatsevtika mutaxassislari shuningdek, dorixonalarning mamlakatdagi inflyatsiya bilan bogʼliq yuqori xarajatlaridan shikoyat qilmoqdalar.