12:50 (20.11.2023)

1524

JSST: 2022 yilda qizamiqdan oʼlim 43 foizga oshgan

2022 yilda 37 ta davlatda qizamiqning keng miqyosli avj olishi qayd etilgan. Bundan tashqari, 2021 yilga nisbatan kasallanish 18 foizga (21 mamlakatda 9 million kishi), oʼlim darajasi 43 foizga (136 ming holat) oshgan. Halok boʼlganlarning aksariyati bolalardir. Bu haqda JSST va AQSh Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlari hisobotida maʼlum qilindi.

Bu muammo Afrikada keskinlashgan. Shuningdek, infektsion holatlar Sharqiy Oʼrtaer dengizining oltita, Janubi-Sharqiy Osiyoning ikkita va Yevropaning bitta davlatida qayd etilgan.

Qizamiq epidemiyasining oldini olish uchun aholining 95 foizi emlanishi kerak, ammo 2022 yilda bu koʼrsatkich oʼrtacha atigi 83 foizni tashkil qilgan, qashshoq mamlakatlarda esa 66 foizdan oshmaydi. Angola, Braziliya, Kongo Demokratik Respublikasi, Hindiston, Indoneziya, Madagaskar, Nigeriya, Pokiston, Filippin va Efiopiya kabi endemik mamlakatlarda deyarli 22 million bola vaktsinaning birinchi dozasini olmagan, 11 million bola esa ikkinchisi bilan emlanmagan.

Qizamiq juda yuqumli virusli bolalik davridagi kasallik hisoblanadi. Biroq, kattalarga ham yuqishi mumkin. Qizamiq oʼrta otit, meningit va entsefalit kabi asoratlar tufayli xavflidir. 

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech