14:54 (07.02.2024)
1058
“Dorixona-robot” dastlab 67-sonli shahar klinik shifoxonasi negizida ishlay boshladi. Yuqori texnologiyali tizim barcha jarayonlar – dori vositalarini qabul qilish, hisobga olish va saqlashni avtomatlashtiradi, dedi Moskva meri.
Robot, shuningdek, dori vositalarining yaroqlilik muddati va yetkazib berish qogʼozlariga muvofiqligini tekshiradi va shifoxona boʼlimlari uchun zarur buyurtmalarni tuzadi. Bu shifokorlarning ishini sezilarli darajada osonlashtiradi va tezlashtiradi.
“Aqlli dorixona” loyihasi, sinov loyihasidir. Samarali boʼlsa, u shahardagi boshqa shifoxonalarda ham qoʼllaniladi.