17:27 (17.11.2023)
1667
Alkogolsiz tetiklashtiruvchi ichimliklar sog'liq uchun xavf tug'dirishi mumkin. Bu haqida amerikalik shifokor Styuart Fisher Daily Mail nashriga bergan intervyusida aytib o`tdi.
Uning so'zlariga ko'ra, xavf kofeinda bo'lib, ko'pincha bunday ichimliklar tarkibida u ko'p miqdorda mavjud. Ushbu modda yurak va buyraklar ishiga salbiy ta'sir qiladi.
Agar ichimlik "uzoq QT sindromi" deb ataladigan noyob yurak kasalligi bo'lgan odam tomonidan iste'mol qilinsa, hatto 100 mg kofein ham yurak xurujini qo'zg'atishi mumkin, deydi shifokor. Bunday tashxis qo'yilgan odamlarda yurakning elektr repolarizatsiyasi jarayoni buzilgan bo`ladi. Repolyarizatsiya - bu yurak hujayra membranasidagi natriy ionlarining dastlabki kontsentratsiyasi tiklanadigan faza, deb tushuntirdi Fisher. Shunday qilib, yurakdagi mushak to'qimalari keyingi qisqarishni amalga oshirishdan oldin tiklanadi.
Bu jarayondagi buzilishlar aritmiya, konvulsiyalar va hushidan ketishni keltirib chiqaradi. Og‘ir holatlarda odamning o‘limiga olib kelishi mumkin. Biroq, shifokorning ta'kidlashicha, kofeinning yuqori dozalari nafaqat ushbu kasallikka chalingan odamlar uchun zararli. Hatto mukammal sog'lom odamlarda ham kuniga 400 mg dan ortiq ushbu moddani iste'mol qilish bosh og'rig'i, uyqusizlik, asabiylashish, tez yurak urishi, mushaklarning titrashi va charchoqqa olib kelishi mumkin.