16:50 (10.12.2024)

1047

Shifokor kimlar mandarinlardan voz kechishi kerakligini aytdi

Mandarinlar hammaga ham to‘g‘ri kelmaydi, deydi endokrinolog, diyetolog Anton Polyakov. Masalan, sitrus mevalariga allergiyasi bor va ma’lum fermentopatiyalarga, u yoki bu uglevodlarni o‘zlashtirish bo‘yicha genetik mutatsiyalarga ega bo‘lgan odamlarga ulardan voz kechish kerak.

Bunday kasalliklarda mandarin oshqozon-ichak traktining buzilishiga, turli teri toshmalariga sabab bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, u odamda uyqusirash holatini yoki miyada voqeani tezlikda anglab olomaslik holatini keltirib chiqarishi mumkin.

"Ya’ni, unga to‘g‘ri kelmaydigan mahsulotdan organizmga zarar yetkaziladi," - deya xulosa qildi u.

Mandarinlarning inson organizmi uchun foydasi

- Immunitetni mustahkamlashga yordam beradi

- Meva tarkibidagi vitaminlar, ayniqsa, viruslar keng tarqalgan davrda organizmning kasalliklarga qarshi kurashishiga yordam beradi.

- Ichak mikroflorasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi

- Mandarinlar ovqat hazm qilishni yaxshilaydigan va ozuqa moddalarini yaxshi o‘zlashtirishga yordam beradigan kletchatkaga boy.

- "Yomon" xolesterin darajasini kamaytirishga yordam beradi, bu sitrus mevada yetarli miqdorda mavjud bo‘lgan pektin tufaylidir. Buning uchun mandarinni ertalab va kunduzi iste’mol qilish kerak.

- Teri va sochlarga ijobiy ta’sir qiladi. Mandarinlarda A va C vitaminlari bor. Aynan ular inson terisi va sochlarining salomatligi uchun javobgardir. Asosiy ta’sir antioksidantlar tufayli yuzaga keladi.

Mandarinlarning inson organizmiga zarari

-Allergiyani keltirib chiqaradi. Sitrus mevalar kuchli allergen bo‘lishi mumkin, shuning uchun bolalar va ushbu kasallikka moyil bo‘lgan odamlar ehtiyotkorlik bilan iste’mol qilishi kerak.

- Oshqozonda kislotalik darajasini oshiradi. Agar siz ochlikni his qilsangiz, mandarinni yemaganingiz ma’qul. Ayniqsa, oshqozon-ichak trakti kasalliklari mavjud bo‘lganda. Mevani asosiy ovqatdan so‘ng shirinlik sifatida yegan ma’qul. Oshqozon kasalliklarining avj olgan paytda mandarinlardan butunlay voz kechish kerak.

-Tish emaliga zarar yetkazadi. Mandarinlarni iste’mol qilgandan so‘ng, stomatologlar og‘izni suv bilan chayqashni tavsiya qiladilar, chunki meva tarkibidagi kislota tish emaliga salbiy ta’sir qiladi.

- Ichakda shish paydo qiladi. Bunga moyil odamlar mandarinlarni ehtiyotkorlik bilan iste’mol qilishlari kerak. Ularni uzoq vaqt davomida hazm bo‘ladigan oqsilli ovqatni iste’mol qilgandan keyin darhol qabul qilish mumkin emas. Sitrus esa taxminan 20 daqiqa davomida hazm bo‘ladi. Oqsil tufayli mandarin hazm bo‘lishi sekinlashadi, shuning uchun u shishga olib kelishi mumkin.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech