09:05 (02.11.2023)
1542
“Аholiga pensiya tayinlash boʼyicha koʼrsatiladigan davlat xizmatlari sifatini yanada oshirishga qaratilgan qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi Prezident qarori (PQ–353-son, 31.10.2023 y.) qabul qilindi
Qarorga koʼra, 2024 yil 1 yanvardan:
Bunda, Pensiya jamgʼarmasi tuman (shahar) boʼlimlari tomonidan shaxsiy jamgʼarib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablagʼlarni olish huquqini beruvchi sertifikat berish tartibi bekor qilinadi.
2025 yil 1 martdan fuqarolarga yoshga doir pensiyalarni “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʼgʼrisida”gi Qonunda belgilangan yoshga toʼlishi munosabati bilan alohida murojaat talab etmagan holda proaktiv shaklda tayinlash tartibi joriy etiladi.
Bunda, yoshga doir pensiyalar Pensiya jamgʼarmasining axborot tizimi orqali tegishli vazirlik va idoralararo axborot almashinuvi asosida olinadigan fuqaroning ish staji, ish haqi hamda boshqa maʼlumotlariga asosan hisoblanadi va tayinlanadi.
Fuqarolarga pensiya yoshiga yetib mehnat faoliyatini davom ettirgan holda keyinchalik yoshga doir pensiyaga chiqish istagini bildirganida proaktiv shaklda tayinlangan pensiyani rad qilish huquqi beriladi.
2025 yil 1 martgacha fuqarolarga pensiya tayinlanishi yoki pensiya miqdoriga taʼsir qiluvchi qoʼshimcha hujjatlarni taqdim etish yuzasidan fuqaroning mobilь aloqa vositasiga SMS-xabar yuborish tartibi joriy etiladi.