08:44 (19.02.2024)
866
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan bojxona boshqarmasi hamda Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Qashqadaryo boʼlinmasi xodimlari bilan hamkorlikda Yakkabogʼ tumani “Janbul” MFY hududida oʼtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.B. fuqaro А.А.ga "Banktsef", "Zanasef", "Gansef" va "Gandsef" nomli jami 3 767 dona qalbaki dori vositalarini 54 mln soʼmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, ushbu dori vositalarini kelib chiqish manbasini aniqlash maqsadida davom etgan tadbirda, boshqa bir fuqaro L.D. fuqaro S.B.ga ushbu dori vositalarini 26 mln soʼmga sotganligi aniqlanib, uning xonadonidagi yordamchi xoʼjaligidan umumiy bahosi 1,3 mlrd soʼmlik jami 14 909 dona qalbaki dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni oʼtkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki oʼtkazish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari oʼtkazilmoqda.