14:52 (09.08.2024)

960

Yaroqlilik muddati o‘tgan dori vositasini sotganlik uchun qanday javobgarlik bor?

Shoira Nazarova, Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazi bo‘lim boshlig‘i:

— O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 4-yanvardagi "Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida"gi qonuni 3-moddasida:

“Sifatsiz dori vositasi va tibbiy buyum — yaroqsiz holga kelgan va (yoki) yaroqlilik muddati o‘tgan dori vositasi va tibbiy buyum” deb ta’rif berilgan.

Sifatsiz dori vositalarini sotganlik uchun qonunchilikda ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilangan. Jumladan:

O‘zbekiston Respublikasi "Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida"gi kodeksning 165¹-moddasiga muvofiq, sifatsiz dori vositalarini realizatsiya qilish — mazkur huquqbuzarliklarni sodir etish qurollari va ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Agar bunday harakatlar ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, jinoiy javobgarlik uchun asos bo‘ladi.

Shu o‘rinda, respublikamiz hududida dori vositalarini realizatsiyasi bilan shug‘ullanuvchi barcha tashkilotlardan o‘z faoliyatlarini amalga oshirishda dori vositalari va tibbiy buyumlarni realizatsiya qilish tartibiga qat’iy rioya qilishlarini so‘rab qolaman.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech