12:05 (05.12.2023)

1767

Yaroqlilik muddati oʻtgan tovarlarni sotish taqiqlanadi

Qonunchilikka koʻra, dori vositalari va tibbiy buyumlarda, oziq-ovqat va maishiy kimyo tovarlarida ularning ishlab chiqarilgan sanasi, yaroqlilik muddati hamda ularni saqlash shartlari koʻrsatilgan boʻlishi lozim.

 Sotuvchilarga ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddati koʻrsatilmagan yoki yaroqlilik muddati oʻtgan tovarlarni qabul qilish hamda realizatsiya qilish man etiladi.

 Shuningdek, yaroqlilik muddati oʻtgan tovarlarni, shuningdek ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddati koʻrsatilishi shartligi qonunchilikda nazarda tutilgan tovarlarni ularning ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddatini koʻrsatmagan holda realizatsiya qilish hamda sotish uchun qabul qilganlik huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilgan holda, quyidagicha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi:

- fuqarolarga BHMning 3 baravaridan 10 baravarigacha (990 ming soʻmdan 3 mln 300 ming soʻmgacha);

- mansabdor shaxslarga BHMning 7 baravaridan 10 baravarigacha (2 mln 310 ming soʻmdan 3 mln 300 ming soʻmgacha).

Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech