08:50 (11.06.2024)

621

"Yoshlar daftari"ga kiritilgan bemor yoshlarga davolanish uchun subsidiya beriladi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Yoshlar muammolarini oʻrganish va hal etish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi 312-son Qaroriga muvofiq, "Yoshlar daftari"ga kiritilgan bemor yoshlarga mamlakatda yoki xorijiy davlatlarda davolanish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun yoshlar yetakchisining ijobiy tavsiyasi asosida BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdorda “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiya ajratiladi.

Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan tibbiy yordam koʻrsatiladigan imtiyozli toifaga kiradigan (ariza beruvchining ushbu toifaga kirishi yoki kirmasligi tibbiyot muassasasi xulosasiga koʻra aniqlanadi), viloyat yoki respublika darajasida davolanishi lozim deb topilgan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar davolanish uchun belgilangan tartibda elektron navbatga qoʻyilishi taʼminlanadi.

Ushbu toifaga kirmaydigan, birlamchi tibbiy-sanitariya muassasasi tomonidan viloyat, respublika darajasida yoki xorijiy davlatda davolanishi lozim deb topilgan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning davolanishi yoki jarrohlik amaliyotidan oʻtishi bilan bogʻliq xarajatlar uchun mahalladagi yoshlar yetakchisining tavsiyasiga asosan “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiya ajratiladi.

Nogironlik belgilari aniq namoyon boʻlgan yoshlar belgilangan tartibda koʻrikdan oʻtish uchun Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalariga yuboriladi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech