15:46 (20.11.2023)

1597

1 dekabrdan ish haqi, pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar oshiriladi

Prezidentimizning 2023 yil 17 noyabrdagi “Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʼgʼrisida”gi 196-sonli farmoniga koʼra, joriy yil 1 dekabrdan ish haqi, pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar 7% ga oshirilmoqda, yaʼni:

pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 372 ming soʼm;

yoshga doir eng kam pensiya miqdori – 725 ming soʼm;

mehnatga haq toʼlashning eng kam miqdori – 1 mln 50 ming soʼm etib belgilanmoqda.

Prezidentning farmoni natijasida 4,5 mln kishining pensiyasi va nafaqalari miqdori koʼpayadi va barcha byudjet tashkilotlari xodimlarining oylik maoshlari dekabrdan boshlab 7% ga oshgan holda hisoblanadi.

Shuni alohida taʼkidlash kerakki, bazaviy hisoblash miqdori 1 dekabrdan 3% miqdorda (7% emas!) oʼzgarib, 340 ming soʼm etib belgilanmoqda. Umuman olganda yil davomida ish haqi, pensiya va ijtimoiy nafaqalar jami 14,5% ga oshgan boʼlsa, bazaviy hisoblash miqdori esa bundan kamroq, yaʼni 13% ni tashkil etdi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech