09:00 (26.01.2024)
1043
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 23 yanvardagi “Farmatsevtika sohasini tartibga solish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PF-20-son Farmoni 2-ilovasiga binoan:
➖ 2024 yil 1 iyulga qadar farmatsevtika mahsulotlarini ulgurji sotish bilan shugʼullanuvchi barcha mahalliy korxonalar Zarur distribyutorlik amaliyoti (GDP) milliy talablariga muvofiq majburiy sertifikatlashtiriladi;
➖ 2025 yil 1 yanvarga qadar farmatsevtika mahsulotlarini chakana sotish bilan shugʼullanuvchi tarmoqli dorixonalar,
➖ 2026 yil 1 yanvarga qadar boshqa dorixonalar Zarur dorixona amaliyoti (GPP) milliy talablariga muvofiq majburiy sertifikatlashtirilishi lozim;
➖ 2024 yil 1 iyuldan boshlab, yangi tashkil etiladigan dori vositalari va tibbiy buyumlar saqlanadigan bojxona omborlari va erkin omborlar majburiy ravishda “Zarur saqlash amaliyoti - GSP” talablariga muvofiq tashkil etiladi;
➖ 2026 yil 1 yanvardan boshlab GSP talablariga muvofiqlik boʼyicha sertifikatga ega boʼlmagan bojxona omborlari va erkin omborlarda dori vositalarini saqlash taqiqlanishi belgilab qoʼyildi.
Shu bilan birga, farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash jarayonlari Zarur amaliyotlar (GxP) talablariga muvofiqlik boʼyicha oʼtkaziladigan farmatsevtik inspektsiyalar bilan muvofiqlashtirilgan holda tashkil etilish talabi oʼrnatildi.
Yaʼni farmatsevtika faoliyatini litsenziyalashda ariza beruvchi korxona avval mos ravishda GxP sertifikatini olishi va bundan keyin litsenziya olish uchun murojaat etishi lozim.