10:20 (04.03.2024)
935
“Oʼzbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʼllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 16-maqsadi — Onalar va bolalar oʼlimini qisqartirish, sogʼlom bolalikni taʼminlash chora tadbirlari doirasida 2024 yil yakuniga qadar:
- 1 mln nafar homilador va 1,5 mln nafar bola emizuvchi ayollarni yod preparati bilan;
- 5,9 mln nafar 35 yoshgacha tugʼish yoshidagi ayollarni temir va foliy kislotasi preparati bilan bepul taʼminlash;
- 12 mln nafar bolani 13 turdagi vaktsinalar bilan boshqariluvchi yuqumli kasalliklarga qarshi emlash rejalashtirilgan.
Shuningdek, doimiy ravishda:
→ 6 — 23 oylik boʼlgan jami 1,2 mln nafar bolani mikronutrient kukuni bilan,
→ 6,5 mln nafar 2 — 10 yoshdagi bolalarni gelьmintoz profilaktikasi boʼyicha maxsus preparatlar bilan bepul taʼminlanadi.
Mazkur maxsus preparatlarning yaroqlilik muddati va sifat sertifikatlarini ularni qabul qiluvchi bolalar ota-onalariga havola etib boriladi.