15:37 (12.08.2024)

628

O‘zbekiston Respublikasi Davlat farmakopeyasining birinchi nashri birinchi jildi ilovasi tasdiqlandi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat farmakopeyasining birinchi nashri va uning ilovalari farmatsevtika mahsulotlari sifatini ta’minlashda zamonaviy xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashtirilgan holda yetakchi farmakopeyalar: Yevropa farmakopeyasi (European Pharmacopoeia) va Amerika Qo‘shma Shtatlari farmakopeyasi (United States Pharmacopeia (USP) bilan uyg‘unlashtirilgan holda ishlab chiqildi.

Ma’lumot uchun, Davlat farmakopeyasi dori vositalariga va tibbiy buyumlarga doir talablarni, umumiy farmakopeya maqolalarini, farmakopeya maqolalarini, dori vositalarining va tibbiy buyumlarning sifatini nazorat qilish usullarini o‘z ichiga olgan hujjatlar to‘plami bo‘lgan rasmiy nashr hisoblanadi.   Bugungi kunda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan jami 30 dan ortiq hududiy va milliy farmakopeya e’tirof etilgan bo‘lib, ular Jahon farmakopeyalari va farmakopeya organlarining (“The Index of World Pharmacopoeias and Pharmacopoeial Authorities by World Health Organization”) indeksiga kiritilgan.

Quvonarlisi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat farmakopeyasi ham mazkur indeksdan o‘rin egallagan bo‘lib, bugungi kunda mamlakatimiz Farmakopeya organi AQSH Farmakopeya Konvensiyasining haqiqiy a’zosi, Yevropa Hamjamiyati Sog‘liqni saqlash va dori vositalari sifati bo‘yicha Yevropa direktorati (EDQM) va YEOII Farmakopeya qo‘mitasi kuzatuvchi sifatida dunyoning rivojlangan mamlakatlar yetakchi farmakopeyalari monografiyalarini ishlab chiqishda, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Davlat farmakopeyasini yaratishda jadal faoliyat olib borishmoqda.

Mamlakatimiz farmakopeyasining birinchi nashri birinchi jildi ilovalarini ishlab chiqilishining dolzarbligi, ularni tuzilishi va amaliyotda qo‘llash bo‘yicha batafsil ma’lumotnoma bilan bu yerda tanishasiz.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech