15:19 (13.05.2024)

854

Oʼzbekistonda mehnat qonunchiligi eng koʼp buzilayotgan sohalar maʼlum qilindi

Oʼzbekiston boʼyicha joriy yilning yanvar-aprel oyi davomida mehnat qonunchiligi eng koʼp buzilgan sohalar roʼyxati eʼlon qilindi. Bu haqda Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik vazirligi xabar berdi.

Keltirilishicha, mehnat qonunchiligi eng koʼp quyidagi sohalarda buzilgan:

Xalq taʼlim muassasalari –5 612 ta;

Maktabgacha taʼlim muassasalari – 2 173 ta;

Sogʼliqni saqlash vazirligi tizimi – 1 215 ta;

Qurilish tashkilotlari – 266 ta;

Qishloq xoʼjaligida – 452 ta qayd etilgan.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech