Yangiliklar

not found

Ijtimoiy dorixona ochishda kimlar xususiy sherik boʼla oladi?

Ijtimoiy dorixona Oʼzbekiston Respublikasi Sogʼliqni saqlash vazirligi tomonidan, jumladan davlat-xususiy sheriklik shartlariga koʼra, «Davlat-xususiy sheriklik toʼgʼrisida»gi Oʼzbekiston Respublikasining Qonuni va "Ijtimoiy dorixona faoliyatini tashkil etish tartibi toʼgʼrisida"gi Nizomga muvofiq tashkil etiladi. Xususiy sherik — faoliyatining asosiy maqsadi aholini dori vositalari bilan taʼminlash hisoblangan, dori vositalari va tibbiy buyumlarning chakana va ulgurji realizatsiyasini amalga oshirish uchun tegishli litsenziyaga, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʼlishi bilan bogʼliq faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʼlgan, davlat-xususiy sheriklik toʼgʼrisida shartnoma tuzgan yuridik shaxs hisoblanadi. Ijtimoiy dorixonalar faoliyatini tashkil etishda qoʼyidagi asosiy talablar qoʼyiladi: ➖ dori vositalari va tibbiy buyumlarning ulgurji, chakana realizatsiyasini amalga oshirish, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni saqlash va berish uchun litsenziyaning mavjudligi; ➖Аholini ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiy buyumlar roʼyxatiga kiruvchi (keyingi oʼrinlarda Roʼyxat deb ataladi) dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan cheklangan narxlardan oshmaydigan narxlarda, dorixona assortimentidagi dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan toʼliq hajmda taʼminlash; ➖ davlat-xususiy sheriklik hamkorligi shartlari asosida cheklangan savdo ustamalarini qoʼllash yoʼli bilan Roʼyxatga kirmaydigan, dorixona assortimentidagi dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash; ➖dori vositalari bilan shaxslarning ayrim toifalarini imtiyozli asosda taʼminlash; ➖ dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ijtimoiy dorixonalarning tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari qoshidagi oilaviy poliklinikalar va qishloq vrachlik punktlarida joylashgan filial tarmoqlari orqali taʼminlash; ➖ maxsus ixtisoslashtirilgan avtotransport vositalari orqali qishloq vrachlik punktlari mavjud boʼlmagan togʼli, yetib borish qiyin hududlardagi aholiga dori vositalari va tibbiy buyumlarni yetkazib berishni taʼminlash; Shuningdek, dorixona assortimentidagi roʼyxatga kiritilgan dori vositalari va tibbiy buyumlarning uzluksiz realizatsiyasini amalga oshirish maqsadida ularning ikki oylik zahirasi mavjud boʼlishi lozim.

  • 2 Aprel, 08:43
  • Batafsil
not found

Tibbiyot amaliyotida qoʼllanilishiga ruxsat etilgan dori vositalari toʼgʼrisidagi xabardorlik darajasi oshiriladi

Senatning ellik birinchi yalpi majlisida “Oʼzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʼzgartirishlar kiritish toʼgʼrisida”gi Qonun muhokama qilindi. Mamlakatimizda farmatsevtika va kimyo sanoatini xalqaro standartlarni inobatga olgan holda rivojlantirish hamda unga ilgʼor ilmiy-texnika yutuqlarini va innovatsiyalarni joriy etish boʼyicha keng koʼlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Dori vositalarini ishlab chiqaruvchilarga qoʼshimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida mazkur Qonun bilan “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʼgʼrisida”gi Qonunga dori moddalarini (substantsiyalarni) davlat roʼyxatidan oʼtkazish tartibining bekor qilinishini nazarda tutuvchi oʼzgartirish kiritilmoqda. Shu bilan birga “Fuqarolar sogʼligʼini saqlash toʼgʼrisida”gi hamda “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʼgʼrisida”gi qonunlariga dori vositalarini retsept bilan yoki retseptsiz beriladigan dori vositalari toifasiga kiritish tartibini tasdiqlash vakolatini Oʼzbekiston Respublikasi Sogʼliqni saqlash vazirligi zimmasiga yuklovchi, shuningdek retseptsiz yoki shifokor retsepti boʼyicha beriladigan dori vositalari toʼgʼrisidagi axborotni ularning tibbiyotda qoʼllanilishiga doir yoʼriqnomalarda hamda Tibbiyot amaliyotida qoʼllanilishiga ruxsat etilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani davlat reestrida koʼrsatish talabini joriy etuvchi oʼzgartirishlar kiritilmoqda. Bundan tashqari, import oʼrnini bosuvchi kimyoviy mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmlarini kengaytirish maqsadida “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar toʼgʼrisida”gi Qonunga yuridik shaxslarga IV roʼyxat doirasida Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan ayrim prekursorlarni tegishli litsenziyalarga asosan ishlab chiqarish va tayyorlash huquqini beruvchi oʼzgartirish kiritilmoqda. Senatorlarning taʼkidlashicha, Qonun aholining va tadbirkorlik subʼektlarining tibbiyot amaliyotida qoʼllanilishiga ruxsat etilgan dori vositalari toʼgʼrisidagi xabardorlik darajasini oshirishga, shuningdek investorlarni jalb etish uchun shart-sharoitlar yaratishga hamda kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarishni koʼpaytirishga xizmat qiladi. Muhokama yakunida Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.

  • 1 Aprel, 13:03
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech