Yangiliklar

not found

Buyuk Britaniyada sunʼiy intellektga ega stetoskoplarni oʼrganish boshlandi

Buyuk Britaniyada yurak kasalliklari diagnostikasini yaxshilashga moʼljallangan Eko nomli sunʼiy intellekt texnologiyasiga ega stetoskopni oʼrganish boshlandi. Unga 3 milliondan ortiq bemorga xizmat koʼrsatuvchi 200 nafar shifokor jalb etiladi. London va Uelьsdagi umumiy amaliyot klinikalari sunʼiy intellektga ega stetoskopga ega boʼladi, bu shifokorlarga yurakning strukturaviy kasalliklarini koʼrsatadigan shovqinlarni soniyalarda aniqlashga yordam beradi. Mutaxassislar tibbiy mahsulotdan London Imperial kolleji tomonidan olib borilayotgan tadqiqot doirasida foydalanadi, deb xabar beradi Innovation Origins. Sunʼiy intellektga ega aqlli stetoskoplar 100 ta birlamchi tibbiy yordam klinikalarida shifokorlarga yurak yetishmovchiligini baholashda yordam berish uchun ishlatiladi. Eko stetoskoplar shifokorlar orasida tasodifiy taqsimlanadi. Bunga parallel ravishda, nazorat guruhidagi bemorlar sunʼiy intellekt vositasidan foydalanmasdan tekshirilishi ham davom etadi. Tadqiqotchilarning fikriga koʼra, birlamchi tibbiy yordamda sunʼiy intellekt vositalaridan keng foydalanish Buyuk Britaniyadagi millionlab odamlarning yurak-qon tomir kasalliklarini yaxshilashi mumkin. Tadqiqotlar shuni koʼrsatdiki, uning yordamisiz shifokorlar yurakning strukturaviy kasalliklarini koʼrsatadigan shovqinlarning atigi 43 foizini aniqlaydi va Eko stetoskoplari yordami bilan 90 foizgacha aniqlash mumkin. Loyihani moliyalashtirish 1,2 million funt sterlingni tashkil etadi.

  • 14 Noyabr, 14:59
  • Batafsil
not found

JSST koronavirusni davolash boʼyicha tavsiyalarini yangiladi

Jahon sogʼliqni saqlash tashkiloti koronavirusga chalingan bemorlarni davolashga doir tavsiyalarini yangiladi. Mazkur qoʼllanma COVID-19ni muolaja qilishga taalluqli yangi usullarning klinik sinovlari boʼyicha jamlangan soʼnggi xulosalarga asoslangan. Yangi tavsiyalarga koʼra, koronavirus tufayli shifoxonaga yotqizish xavfining uch asosiy toifasi mavjud: yuqori, oʼrta va past. Koʼrsatmalar gospitalizatsiya xavfi yuqori va oʼrta boʼlgan bemorlarda virusga qarshi remdesivir hamda molnupiravir preparatlarini qoʼllash boʼyicha tavsiyalarni oʼz ichiga oladi. Unga muvofiq, shifoxonaga yotqizish xavfi oʼrta yoki past boʼlgan va xastalik yengil oʼtayotgan bemorlarga remdesivir hamda molnupiravir dorilarini qoʼllash tavsiya etilmaydi. Bu preparatlardan faqat yuqori xavf guruhiga mansub kishilarda tibbiy koʼrsatmaga koʼra foydalanish taklif etiladi. Oʼz navbatida, virusga qarshi yangi VV116 preparatini klinik sinovlardan tashqari, kasallikning ogʼirligidan qatʼi nazar, har qanday darajasida qoʼllash tavsiya etilmaydi. Bunday cheklov koronavirusga chalingan bemorlarda ivermektin dorisini qoʼllashda ham amal qilishi maqsadga muvofiq. Mutaxassislar fikricha, yangi tavsiyalar COVID-19ning ayni paytdagi faol mutatsiya va subvariantlariga xos xususiyatlar hamda global emlash jarayonidan keyin insonlar immunitetida hosil boʼlgan ijobiy oʼzgarishlarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan.

  • 14 Noyabr, 11:48
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech