12:01 (16.01.2024)
1109
Pokistonning dori vositalari aylanmasini nazorat qilush boshqarmasi tarkibida koʼp miqdorda zaharli komponentlar boʼlgan propilenglikol partiyasi qaytarib olingani haqida xabar berdi.
Hozircha faqat bitta xavfli partiya aniqlangan - № C815N30R41.
Pokistonning dori vositalarni nazorat qilish boshqarmasi zaharli propilenglikolning aniqlangan partiyasi bilan ishlab chiqarilgan barcha mahsulotlarni, shu jumladan eksport qilinadigan mahsulotlarni qaytarib oldi.
Pokiston rasmiylarining taʼkidlashicha, propilenglikol (PG) ning qabul qilib boʼlmaydigan darajadagi miqdorini oʼz ichiga olgan, musodara qilingan partiyaning butun taʼminot zanjiri kuzatib borilmoqda.
Etilenglikol metabolitlari markaziy asab tizimiga, yurakka salbiy taʼsir koʼrsatishi va buyraklarning ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin.
Pokiston regulyatorining taʼkidlashicha, aniqlangan partiya Dow Chemical Thailand tomonidan ishlab chiqarilgan. Dori maʼmuriyati allaqachon Dow Chemical Thailand tomonidan ishlab chiqarilgan propilenglikolning boshqa partiyasidan tayyorlangan tayyor mahsulotlarni ham tarqatishni toʼxtatib turishni buyurgan.