АQSh olimlari tomonidan mitti sunʼiy yurak yaratildi
АQShning Los-Аnjeles shahrida joylashgan Cidars-Sinay tibbiyot markazi olimlari inson yuragi funktsiyalarini bajara oladigan maxsus chip yaratdi. Ushbu nanotexnologiya turli kasalliklarni davolashda qoʼllanilishi mumkin.
Xususan, mitti qurilma saraton muolajasiga doir tadqiqot va sinovlarda juda foydali. Yaʼni u yurak faoliyatini batafsil oʼrganish hamda kasallik paytidagi holatini tekshirish ikonini beradi. Qolaversa, endi yangi dorilar, ayniqsa yurak-qon tomir xastaliklariga qarshi preparatlar va ilgʼor muolaja usullari tajriba jonivorlarida emas, shu "chip-yurak"da sinab koʼrilishi koʼzda tutilgan.
Moslama konstruktsiyasi uchun induktsiyalangan pluripotent ildiz hujayralari, yaʼni tiklanuvchi toʼqimalardan foydalanilgan. Ularning bir qismi mushak toʼqimalari, qolgan qismi esa qon tomirlarini hosil qiladi.
Jumladan, mushak toʼqimalari xuddi inson yuragi singari bir daqiqa ichida 60 marta urish chastotasida qisqaradi va haftalab toʼxtovsiz ishlay oladi.
Tadqiqotchilar fikricha, mazkur chip hozircha haqiqiy yurak oʼrnini bosa olmasa-da, undan tibbiy amaliyotda "tajriba sichqon"lari sifatida foydalanish samarali.