Yangiliklar

not found

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti kuniga 30 gramm kletchatka iste’mol qilishni tavsiya qiladi

Kletchatka - bu o‘simlik mahsulotlarida mavjud bo‘lgan murakkab uglevodlarning bir turi. Kletchatka – bizning tanamizdagi ko‘pchilik a’zolarning to‘g‘ri faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydigan muhim modda hisoblanadi. O‘simliklardan tayyorlangan oziq-ovqatlar tarkibidagi ozuqa tolalari inson organizmi faoliyatida muhim rol o‘ynaydi: ✅ Ichaklar salomatligida. • Kletchatka ichak faoliyatini yaxshilaydi, ich qotishining oldini olishga yordam beradi va mikrofloraning muvozanatini saqlaydi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, kuniga taxminan 30 gramm tola iste’mol qiladigan odamlar oshqozon-ichak muammolarini boshdan kechirish ehtimoli kamroq bo‘ladi. ✅ Surunkali kasalliklar xavfini kamaytiradi. Kuniga 30 gramm tola: • yurak-qon tomir kasalliklari xavfini kamaytiradi (24-30% ga), • qondagi qand miqdorini normallashtirish orqali 2-toifa diabet xavfini kamaytiradi; • Saratonning ayrim turlaridan himoya qiladi (masalan, yo‘g‘on ichak saratoni). ✅ Vazn yo‘qotish va metabolizmni yaxshilashda. 30 gramm kletchatka ishtahani nazorat qilib, to‘yish hissini ta’minlaydi va shu orqali vazn yo‘qotishga yordam beradi. Shuningdek, shakarning so‘rilishini sekinlashtiradi, bu esa glyukoza darajasini barqarorlashtiradi. ✅ Yallig‘lanishning oldini oladi. Yuqori kletchatkali diyetalar organizmdagi tizimli yallig‘lanishni kamaytiradi, bu esa surunkali kasalliklar xavfini oldini oladi. Shu bilan birga organizmning qarish jarayonini sekinlashtiradi. Bir inson kuniga o‘rtacha atigi 15-18 g kletchatka iste’mol qiladi, bu normadan deyarli 2 baravar kam. Minimal 30 g.ga erishish uchun ratsionga nafaqat sabzavotlarni, balki rezavorlar, dukkaklilar, donli mahsulotlarni ham kiritish muhimdir. 

  • 4 Mart, 11:51
  • Batafsil
not found

Xlorlangan suv onkologik kasalliklarga sabab bo‘lishi mumkin – tadqiqot

Joriy yilning yanvar oyida o‘tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra, belgilangan darajada xlorlangan suv qovuq saratoni xavfini 33 foiz, yo‘g‘on ichak saratoni xavfini esa 15 foizga oshiradi. Bu haqda “The Guardian” nashri xabar berdi. Nashrning yozishicha, Qo‘shma Shtatlar va Yevropa Ittifoqida ichimlik suvini xlorlash keng tarqalgan. Suvni xlor bilan zararsizlantirish jarayoni AQSH va YEIdagi deyarli barcha umumiy ichimlik suvi tizimlarida uchraydigan trihalometan (THM) qo‘shimcha mahsulotlarni hosil qiladi. Jumladan, xlorlash jarayoni organizmlar va yuqumli kasalliklarni o‘ldirishning arzon, samarali va oson topiladigan usuli bo‘lsa-da, qovuq saratoni xavfini 33 foiz va yo‘g‘on ichak saratoni xavfini 15 foizga oshiradi. “Biz ko‘rib turgan narsa xavotirli va bizga yanada yuqori sifatli tadqiqotlar kerak”, deydi Shvetsiyadagi Karolinska institutining yetakchi muallifi Emili Helte. Ma’lumot uchun, suvni dezinfeksiya qilish jarayoni sog‘liqni saqlashning muhim chorasi bo‘lib, 1900-yillarning boshlarida AQSHda ichimlik suvini xlorlash boshlanganida aholining umr ko‘rish davomiyligini keskin oshirdi. Chunki bu mikrobli infeksiya va suv orqali yuqadigan kasalliklarni, masalan, vabo va qorin tifini sezilarli darajada kamaytirgan. Faqat 1970-yillarga kelibgina tadqiqotchilar bu jarayon salbiy oqibatga olib kelishini aniqlagan. Suvga xlor qo‘shilganda, u organik birikmalar bilan xuddi chirigan o‘simlik materialiga o‘xshab istalgan miqdordagi yuzlab potensial zaharli qo‘shimcha mahsulotlarni hosil qiladi. Tadqiqotchilar suvni ultrabinafsha nurlar bilan tozalash yoki yangi filtrlash tizimlarini o‘rnatish kabi muqobil variantlarni taklif qilgan, ammo bu qimmat. Shu sababdan olimlar shahar tizimida suvni ichishlaridan avval uy sharoitida suvni ifloslantiruvchi moddalardan tozalash uchun granullangan faol uglerod bilan qo‘shimcha filtrlash tizimidan foydalanishni tavsiya qilishmoqda.

  • 4 Mart, 08:50
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech