Yangiliklar

not found

O`zbekistonda "maymun chechagi"ni aniqlash va tarqalishini oldini olish uchun nimalar qilinmoqda

O‘zbekiston Respublikasi aholisi o‘rtasida “maymun chechagi” kasalligini erta aniqlash va epidemik tarzda tarqalib ketishini oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risida AOKAda o‘tkazilgan brifingda Sanepidqo‘mita boshqarma boshlig‘i Rustamjon Ikramov ma’lumot berdi. Maymun chechagi – virusli infeksiya bo‘lib, odamlarga, ifloslangan narsalar yoki kasal hayvonlar bilan muloqot va jinsiy muloqot orqali yuqishi mumkin. Joriy yilning 14-avgust kuni JSST Afrikada tarqalayotgan maymun chechagining Clade 1b shtammining yangi to‘lqini tufayli, sog‘liqni saqlash bo‘yicha favqulodda holat deb e’lon qildi. Mamlakatimizga ushbu kasallik kirib kelgan taqdirda amalga oshiriladigan kechiktirib bo‘lmaydigan ishlar yuzasidan quyidagi tayyorgarlik choralari ko‘rildi: - Yuqumli kasalliklar shifoxonasida yotqizish maqsadida shifo-o‘rinlari, zarur dori vositalari zaxirasi tashkil etildi; - kasallikka chalingan bemor bilan muloqotda bo‘lganlarni 21 kun mobaynida tibbiy kuzatuvini tashkil etish belgilab olindi; - kasallikni chetdan kirib kelishi va tarqalishini oldini olish borasida xalqaro aeroportlarda, temir yo‘l va avtomobil yo‘llari orqali chegara kesishgan joylarda sanitariya nazorati punktlari mutaxassislarining hushyorligi oshirildi; - Maymun chechagi kasalligining etiologiyasi, klinikasi, epidemiologiyasi va profilaktikasi bo‘yicha uslubiy qo‘llanma asosida mutaxassislarning malakasi oshirildi; Shuningdek, kasallikni laborator aniqlash uchun test-diagnostikum zaxirasi yaratilmoqda.

  • 19 Avgust, 12:53
  • Batafsil
not found

Dori vositalarni dorixonadan boshqa joyda sotish mumkinmasmi?

Bu savolga Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori maslahatchisi Muhabbat Ibragimova javob berdi: Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan, "Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish tartibi to‘g‘risida"gi nizomning 10-bandiga muvofiq, dori vositalari va tibbiy buyumlarni dorixonalardan tashqarida sotish taqiqlangan. Va bu borada qonunchilikda ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilangan. Jumladan: ♦ Agar dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilingan dori vositasi tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lmasa, bu holat bo‘yicha (Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 165¹-moddasiga muvofiq) — mazkur huquqbuzarliklarni sodir etish qurollari va ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. ♦ Shuningdek, dorixonalar va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilingan dori vositalari tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lsa, hamda shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa (Jinoyat kodeksining 186³-moddasiga muvofiq), — bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Ma’lumot o‘rnida, Kuchli ta’sir qiluvchi moddalar ro‘yxati Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-sentyabrdagi 818-son qarori bilan tasdiqlangan bo‘lib, unda 78 turdagi kuchli ta’sir qiluvchi modda jumladan, 4 turdagi “Zaleplon”, “Pregabalin”, “Tropikamid”, “Siklopentolat” dori vositalari o‘rin egallagan. Shu o‘rinda yurtimizdagi barcha dorixona xodimlaridan o‘z faoliyatlarini amalga oshirishda dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish tartibiga qat’iy rioya qilishlarini so‘rab qolaman.

  • 15 Avgust, 18:05
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech