Yangiliklar

not found

JSST tamaki chekishni tashlash bo'yicha birinchi klinik davolash yo'riqnomasini e'lon qildi

JSSTning  tamaki chekishni tashlash boʼyicha birinchi yoʼriqnomasida tamakiga qaramlikni yengishga yordam beradigan yondashuvlar kombinatsiyasidan, shu jumladan sogʼliqni saqlash muassasalarida xatti-harakatlar, raqamli yechimlar va farmakologik yondashuvlardan foydalanishni tavsiya qiladi. Qoʼllanmaning maqsadi har qanday turdagi tamakidan voz kechishni xohlovchi 750 milliondan ortiq tamaki foydalanuvchilariga yordam berishdir. Ushbu tavsiyalar tamaki mahsulotlarining har xil turlariga, shu jumladan sigaretalar, kalyanlar, tutunsiz tamaki mahsulotlari, sigaralar, qoʼlda oʼralgan va isitiladigan tamaki mahsulotlariga qaramlikni yengishga harakat qilayotgan kattalar uchun dolzarbdir. "Bu mamlakatlarga odamlarni chekishni tashlashga va tamaki bilan bogʼliq kasalliklarning global yukini kamaytirishga samarali yordam beradigan asosiy vositalarga ega boʼlish imkonini beradi."-dedi JSST Bosh direktori doktor Tedros Аdxanom Gebreyesus. Dunyo boʼylab 1,25 million tamaki isteʼmolchisi bor, shundan isteʼmolchilarning 60 foizi - 750 milliondan ortiq kishi tamakiga qaramlikdan voz kechishni xohlaydi, ammo, bu odamlarning 70% samarali chekishni tashlash xizmatlaridan foydalanish imkoniga ega emas. Ushbu boʼshliq sogʼliqni saqlash tizimlari oldida turgan koʼplab muammolar, jumladan, resurslarning yetishmasligi bilan bogʼliq. Dori-darmonlar va xulq-atvor terapiyasining kombinatsiyasi tamaki chekishni tashlashga urinishlarning muvaffaqiyatini sezilarli darajada oshirishi mumkin. Mamlakatlar, ayniqsa, past va oʼrta daromadli mamlakatlarda, ularni bepul yoki subsidiya asosida taklif qilish orqali bunday davolash usullaridan foydalanish imkoniyatini oshirish mumkin. JSST tamakiga qaramlikni davolashda samarali dori sifatida vareniklin, nikotin oʼrnini bosuvchi terapiya, burpropion va sitizindan foydalanishni tavsiya qiladi. JSST 2023 yilda tavsiya etilgan dori vositalarining mavjudligini oshirish maqsadida tamaki isteʼmoli kasalliklarida qoʼllaniladigan tibbiy mahsulotlarni oldindan kvalifikatsiya qilish tartibini boshladi. 2024 yil aprel oyida Kenvue kompaniyasining nikotinli saqich va nikotin plastri JSSTning dastlabki kvalifikatsiyasini olgan birinchi nikotinni almashtirish terapiyasi mahsulotiga aylandi. JSST tibbiy yordam koʼrsatuvchilarga rejalashtirilgan yordam turlari qatoriga xulq-atvor terapiyasini, shu jumladan sogʼliqni saqlash mutaxassisi bilan qisqa (30 soniyadan 3 minutgacha) maslahatlar, shuningdek, xoxlovchilarga xulq-atvorni qoʼllab-quvvatlashning yanada intensiv shakllarini (individual, guruh yoki telefon orqali maslahat) taklif qiladi. Bundan tashqari, raqamli texnalogiyalar, ayniqsa elektron matnli xabarlar, mobil smartfon ilovalari va internet dasturlaridan qoʼshimcha vositalar yoki oʼz-oʼziga yordam vositalari sifatida ishlatilishi mumkin. JSST dunyo boʼylab tamaki chekishni toʼxtatishga muhtoj boʼlgan millionlab odamlarning salomatligini yaxshilash uchun sogʼliqni saqlash muassasalari, siyosatchilar va manfaatdor tomonlarni ushbu koʼrsatmalarni qabul qilish va ulardan foydalanishga chaqirdi.

  • 4 Iyul, 09:00
  • Batafsil
not found

Yangi tizim: Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazishdagi oʻzgarishlar

Sogʻliqni saqlash vazirligining “Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini baholash jarayonlarini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi buyrugʻi qabul qilindi.  Buyruqqa asosan, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali davlat xizmatlarini koʻrsatishning har bir bosqichida murojaatlar koʻrib chiqilishini toʻgʻridan-toʻgʻri kuzatib borish tartibi takomillashtirib borilishi belgilandi. Imtihon savollari bazasi sohadagi oʻzgarishlarga koʻra, har yili 1-sentyabrga qadar muntazam ravishda yangilab boriladi. Shu bilan birga, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi, oliy tibbiy taʼlim muassasalari, Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy hamda ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari va ilmiy-tadqiqot institutlari rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri, Toshkent shahar va viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalari boshliqlariga quyidagi vazifalar yuklatildi: ✔️tasarrufidagi davolash-profilaktika muassasalarida faoliyat yuritayotgan shifokor va farmatsevtlarni amaldagi malaka toifasining muddati tugashidan olti oy oldin navbatdagi majburiy attestatsiyadan oʻtishi lozimligi toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qilish; ✔️tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi bilan tanishtirilishi hamda attestatsiyadan oʻtish uchun hujjat topshirish boshlangunga qadar ularning malaka oshirishini tashkil etish; ✔️tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan oʻtishi uchun hujjatlarini tayyorlashi va oʻz vaqtida topshirishiga zaruriy shart-sharoitlar yaratib berish; ✔️tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini oʻz vaqtida attestatsiyadan oʻtishini taʼminlash maqsadida malaka toifasiga ega boʻlgan va boʻlmagan mutaxassislarning doimiy monitoringini yuritish; ✔️malaka toifasiga ega boʻlgan va boʻlmagan tibbiyot hamda farmatsevtika xodimlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning yillik tahliliy jadvalini oʻrnatilgan tartibda keyingi yilning 1-fevraliga qadar Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini baholash markaziga topshirilishini taʼminlash. Yangi tizimning asosiy afzalliklaridan biri shundaki, endilikda tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining hujjat topshirish hamda attestatsiyadan oʻtish uchun ortiqcha vaqt va mablagʻ sarflab poytaxtga kelishiga barham berildi. Hujjat topshirish va imtihondan oʻtish jarayonida inson omili aralashuvini minimallashtirish orqali korrupsiya xavfi va elementlari bartaraf etildi. Shunga koʻra, Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimning barcha boʻgʻinidagi muassasa rahbarlari bu haqda doimiy ravishda targʻibot-tashviqot va tushuntirish ishlarini olib borishi lozimligi hamda barcha turdagi firibgarlik holatlarini oldini olish boʻyicha tegishli choralar koʻrishi belgilandi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini baholash markazi huzuridagi malaka toifasini berish boʻyicha ixtisoslashtirilgan attestatsiya komissiyalari raislari va aʼzolari attestatsiyalarning oʻz vaqtida hamda belgilangan talablar asosida adolatli va shaffof oʻtkazilishida shaxsan javobgar etib belgilandi. Bu saʼy-harakatlarning barchasi yetuk va chuqur bilimga ega, xalqaro maydonda raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi.

  • 3 Iyul, 13:03
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech