14:56 (10.10.2024)

489

"Dori-Darmon" aksiyadorlik kompaniyasida xususiylashtirish jarayoni davom etmoqda

Avvalroq “Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasi aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilganligi haqida xabar bergan edik.

Yig‘ilish yakuni bo‘yicha «DORI-DARMON» AK ustav fondining miqdori nominal qiymati 4 300 so‘m bo‘lgan 4 225 430 (to‘rt million ikki yuz yigirma besh ming to‘rt yuz o‘ttiz) dona hujjatsiz shakldagi egasining nomi yozilgan oddiy aksiyalarni qo‘shimcha chiqarish va joylashtirish yo‘li bilan 18 169 349 000,00 (o‘n sakkiz milliard bir yuz oltmish to‘qqiz million uch yuz qirq to‘qqiz ming) so‘mga kupaytirish hamda aksiyalarining qo‘shimcha chiqarilishi to‘g‘risidagi qarori tasdiqlangan edi.

Istiqbolli loyihalar bo‘yicha milliy agentlikning (NAAP) yagona korporativ axborot portalida ye’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyaning “InterLek” MCHJ kompaniyasi ushbu aksiyalarning 3 millionini sotib olishni rejalashtirmoqda, bu umumiy qo‘shimcha emissiyaning 71% ni tashkil qiladi. Bitimlarni to‘ldirish uchun Istiqbolli loyihalar bo‘yicha milliy agentligining (NAPP) roziligini olish kerak. Agar qaror ijobiy bo‘lsa, rossiyalik investorga sotib olingan qimmatli qog‘ozlar uchun to‘lov qilishga olti oy vaqt beriladi.

Dori-Darmon” AK farmatsevtika bozorida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan, aholini sifatli, arzon, ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari bilan ta’minlash maqsadida oldiga qo‘yilgan vazifalarni, davlat dasturlarini mas’uliyat bilan amalga oshirib kelayotgan kompaniyadir. Bugungi kunda kompaniya tizimida dori vositalari va tibbiy buyumlar realizatsiyasi bilan shug‘ullanuvchi 6 ta aksiyadorlik va 7 ta mas’uliyati cheklangan jamiyatlar faoliyat yuritadi. Tizimda O‘zbekiston bo‘ylab 1600 dan ortiq dorixona va dorixona shoxobchalari mavjud. Kompaniyaning aktivlari 17 ta sanoat ombori, 15 ta laboratoriya va 133 ta mobil dorixonadan iborat.

Potensial investor "InterLek" MCHJ farmatsevtika bozorida 15-yildan ortiq tajribaga ega bo‘lgan Rossiya kompaniyasidir. Kompaniya faoliyatining asosiy yo‘nalishi mahalliy va xorijiy ishlab chiqaruvchilarning zamonaviy dori-darmonlar, tibbiy buyumlar va biologik faol qo‘shimchalarini Rossiya va qo‘shni mamlakatlarda taqdim etish va tarqatishdir.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech