News

not found

Zig'ir yog'ining foydali xususiyatlari

Yog' zig'ir urug'idan sovuq presslash orqali olinadi. Shuning uchun moy shifobaxsh xususiyatlarini saqlab qoladi va dorivor maqsadlarda foydalanish mumkin. Zig'ir  yog'i tarkibida omega-3, omega-6, omega-9, A, B1, B2, B3, B4, B6, B9, E (xolin), K, F vitaminlari, kaliy, fosfor, magniy, temir, sink, fitosterollar, lesitin, beta-karotin mavjud. U quyidagi foydali dorivor xususiyatlarga ega: - xolesterin kamaytirishga, qon suyultirishga va  tomirlarining elastikligini oshirishga yordam beradi; - insonning ovqat hazm qilish tizimining ishini normallashtiradi; - tananing barcha hujayralariga erkin radikallarning ta'sirini bloklaydigan antioksidantlarni o'z ichiga oladi; - ayollarda gormonal fonni normallashtiradi, predmenstrual sindromni yumshatadi; - o'pka va bronxlar kasalliklarini, asab tizimi kasalliklarini kompleks davolash va oldini olishda qo'llaniladi.Kosmetologiyada zig'ir yog'i vitaminlarning yuqori miqdori va yoshartiruvchi, yumshatuvchi, bakteritsid xususiyatlari tufayli teri va sochlar uchun niqoblarga qo`shiladi. Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar Zig'ir yog'i pankreatit va oshqozon osti bezi va jigar, xolelitiyoz va urolitiyoz, qon kasalliklari, allergiya bilan bog'liq muammolari borlarga tavsiya qilinmaydi. Zig'ir urug'ida fitoestrogenlarning miqdori baland bo`lgani sababli, ulardan foydalanish endometrioz, gipoterioz, giperterioz kabi kasalliklarda cheklanishi kerak. Zig'ir yog'ini qanday iste`mol qilinadi Kuniga 1 osh qoshiq kifoya qiladi. Hohlasangiz o`zini iching, yoki salatlarga va bo`tqalarga aralashtiring. Qovurish uchun hech qachon zig'ir yog'ini ishlatmang: to'yinmagan yog'li kislotalar harorat ta'sirida parchalanadi va kanserogenga aylanadi.

  • 18 July, 12:22
  • Read more
not found

Misrdan Oʼzbekistonga gepatit S ga qarshi dorining oʼninchi partiyasi yetkazildi

Shu yil 15 iyul kuni «Uzbekistan Airways» aviakompaniyasi Misr hukumati tomonidan mamlakatimizga insonparvarlik yordam sifatida ajratilgan «S» gepatitiga qarshi «Daklatasvir» dori vositasining oʼninchi qismini Sharm ash-Shayxdan Toshkentga yetkazib berdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» axborot agentligi. Mazkur  insonparvarlik  yordamida Oʼzbekiston Prezidentining 2023 yil 20-21 fevral kunilari Misrga amalga oshirilgan rasmiy tashrifi davomida erishilgan kelishuvlar hamda davlatimiz rahbarining «Gepatit S» kasalligini 100 foiz davlat hisobidan davolash boʼyicha» saylovoldi tashabbusining ijrosi doirasida Misr sogʼliqni saqlash vazirligi bilan olib borilgan muzokaralar natijasida amalga oshirildi. Umumiy hajmi  114 qutida 3 ming donadan ortiq «Daclatasvir-60 mg» dori vositalari Oʼzbekiston Sogʼliqni saqlash vazirligi huzuridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti tomonidan shifotalab bemorlarga taqsimlanadi. Qayd etish joizki, Misr gepatit «V» va «S» viruslariga qarshi kurashda dunyo miqiyosida sezilarli muvaffaqiyatlarga erishgan. Misr Sogʼliqni saqlash vazirligi maʼlumotiga koʼra, mamlakat aholisi ushbu kasallikdan butunlay forigʼ boʼlgan va bu haqida vazir Xalid Аbdugʼaffor joriy yilning 21-30 may kunlari Jeneva shahrida boʼlib oʼtgan Jahon sogʼliqni saqlash tashkilotining 76-sessiyasida maʼlum qildi. Xalqaro tashkilot mutaxassis va ekspertlari Misrning ushbu yoʼnalishdagi yutuqlarini oʼrgandi va joriy yilning iyunь oyida tegishli hisobot eʼlon qilishi hamda gepatit «S» virusi batamom barham topilgani haqidagi shahodatnoma Misr hukumatiga taqdim etilishi kutilmoqda.

  • 17 July, 17:46
  • Read more
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech