Yangiliklar

not found

Kamqonlikka qarshi kurashishning samarali usuli aniqlandi

Bakterial infeksiya fonida anemiya bilan og‘rigan bemorlarni davolashda uzoq vaqt davomida xavfli deb hisoblanib kelingan temirni vena orqali yuborish usuli nafaqat xavfsiz, balki samarali ekani ma’lum bo‘ldi. Bunday terapiya insonning o‘lim xavfini sezilarli darajada kamaytiradi. Bunday xulosaga 85 mingdan ortiq gospitalizatsiya qilingan bemorlar ma’lumotlarini tahlil qilgan gematologlar keldilar. Tadqiqot natijalari Blood jurnalida e’lon qilingan. Temir bakteriyalarni «oziqlantirishi” mumkinligi haqidagi xavotirlar tufayli uzoq yillar davomida uni vena orqali yuborishdan qochish tavsiya etilganiga qaramay, tadqiqotchilar bunga teskari natijani aniqladilar: pnevmoniya, MRSA, kolit va boshqa keng tarqalgan infeksiyalarga chalingan bemorlarda, agar ular temir qabul qilsalar 14 va 90 kun ichidagi o‘lim darajasi ancha past bo‘lgan. Bundan tashqari, ushbu bemorlarda 2–3 oydan so‘ng gemoglobin darajasi temir qabul qilmagan bemorlarga nisbatan sezilarli darajada oshgan. Bakterial meningitda yaxshilanish kuzatilmagan, ammo holatning yomonlashishi ham qayd etilmagan. Mualliflar ta’kidlashicha, olingan ma’lumotlar retrospektiv tahlilga asoslangan va temirni vena orqali yuborishning haqiqiy foydasini faqat randomizatsiya qilingan klinik tadqiqot to‘liq tasdiqlay oladi. Biroq natijalar o‘tkir infeksiyalari bo‘lgan bemorlarda anemiyani davolash bo‘yicha ko‘p yillik qarashlarni qayta ko‘rib chiqishga turtki bermoqda. 

  • 10 Dekabr, 09:03
  • Batafsil
not found

Nima uchun uyqu dorilarni shifokor retseptisiz qabul qilib bo‘lmaydi?

Odamlar tobora ko‘proq, uyqu bilan bog‘liq muammolarni retseptsiz beriladigan dori vositalari bilan hal qilishga urinmoqda, biroq bunday vositalar uyqu tartibini buzilishi, qaramlik va toksik ta’sirlarni keltirib chiqarishi mumkin. Nevrolog Yuriy Flomin o‘zini- o‘zi davolash bilan shug‘ullanmaslikka chaqiradi. Ko‘plab ommabop uyqu dorilari, xususan doksilamin asosidagi preparatlar, uyquning tabiiyligini o‘zgartiradi. Shu sababli, hatto 7–8 soat dam olgandan keyin ham inson o‘zini holdan toygan his qilishi mumkin. “Ular uyqu arxitekturasiga salbiy ta’sir qiladi, shuning uchun organizm to‘liq tiklana olmaydi”, — deya tushuntiradi shifokor. Ayniqsa “o‘simlikka asoslangan” deb taqdim etiladigan, amalda esa fenobarbital saqlovchi dori vositalar xavflidir. Ushbu modda tezda qaramlikni keltirib chiqaradi va toksik bo‘lishi mumkin. Fenobarbitalni uzoq muddat qo‘llash nafaqat qaramlikni shakllantiradi, balki jigar faoliyatining buzilishiga, toksinlar yig‘ilishiga va xotiraning yomonlashishiga olib keladi. Shu bilan birga, haqiqiy o‘simlik vositalarining uyquni yaxshilashdagi samaradorligi isbotlanmagan va ko‘pincha platsebo effektiga asoslanadi. Shifokor ta’kidlaydi: muntazam uyqu buzilishlari mutaxassis maslahati­ni talab qiladi. Uyquning surunkali buzilishlarini e’tiborsiz qoldirish mumkin emas, chunki sifatli dam olishning yetishmasligi yurak-qon tomir kasalliklari va depressiyadan saratongacha bo‘lgan jiddiy kasalliklar rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin.

  • 9 Dekabr, 11:50
  • Batafsil
not found

Markaz direktori Alisher Temirov GHWP’ning raisi o‘rinbosari lavozimiga saylandi

Ayni kunlarda Tailand Qirolligining Bangkok shahrida Tibbiy buyumlarni tartibga solish talablarini uyg‘unlashtirish bo‘yicha global ishchi guruhi (GHWP)ning 29 yillik anjumani va Texnik qo‘mita yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu yirik xalqaro tadbirda O‘zbekistonda Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi direktori Alisher Temirov ham ishtirok etayapti. Ma’lumot o‘rnida, GHWP — tibbiy jihozlarni ro‘yxatdan o‘tkazish, xavfni baholash, sertifikatlash, bozor nazorati va sifat menejmenti bo‘yicha yagona global yondashuvlarni shakllantiruvchi nufuzli platforma bo‘lib, uning tarkibiga Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy, Singapur, Malayziya va yana 30 dan ortiq mamlakatlar kiradi. O‘zbekiston 2024-yilda Kuala-Lumpurda o‘tkazilgan anjumanda tashkilotning to‘laqonli a’zosi etib qabul qilingani — davlatimizning sohadagi islohotlari xalqaro miqyosda e’tirof etilayotganidan dalolatdir. So‘nggi yillarda, Prezidentimiz tomonidan belgilangan vazifalar ijrosi doirasida O‘zbekiston ekspertlarining GHWP ishchi guruhlari, texnik qo‘mitalari va akademik tashabbuslardagi faolligi mamlakatimizning global tartibga solish jarayonlaridagi ishtirokini kuchaytirdi. Markaz mutaxassislarining tashabbuslari, texnik hujjatlar tayyorlashga qo‘shgan hissasi hamda xalqaro muhokamalardagi faol ishtiroki GHWP ekspertlari tomonidan e’tirof etildi. O‘zbekiston vakillarining GHWP Akademiyasida spiker sifatida qatnashishi esa mutaxassislarimizning bu yo‘nalishdagi malakasi va amaliy tajribasi ortib borayotganini ko‘rsatmoqda. Anjumanda tibbiy jihozlarni tartibga solishning yangi global standartlari, ro‘yxatdan o‘tkazish va sertifikatlash tartiblarini takomillashtirish, xavfga asoslangan yondashuvlarni kuchaytirish, bozor nazoratini samarali tashkil etish va texnik reglamentlarni uyg‘unlashtirish kabi strategik masalalar muhokama qilinmoqda. E’tiborlisi, GHWPning yangi rahbariyatini shakllantirish jarayonida Markaz direktori Alisher Temirov GHWP ning Regulyator organlari bo‘yicha rais o‘rinbosari lavozimiga nomzod sifatida ilgari surilib, bir ovozdan ma’qullandi. Bu — O‘zbekistonning tibbiy jihozlar sohasida amalga oshirayotgan islohotlari xalqaro ekspertlar tomonidan tan olinayotgani va mamlakatimizning regulyator hamjamiyatdagi mavqeyi sezilarli darajada kuchayganining muhim ko‘rsatkichidir. Shuningdek, anjuman kun tartibida 2026-yilda o‘tkaziladigan GHWP Texnik qo‘mita rahbarlari yig‘ilishiga mezbonlik masalasi ko‘rib chiqildi. Muloqotlar yakunida ushbu nufuzli tadbirni Toshkent shahrida o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

  • 5 Dekabr, 13:00
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech