14:50 (09.07.2024)

587

Elektron retsept tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha yigʻilish oʻtkazildi

Mamlakatimizda aholiga tibbiy yordam koʻrsatish sifati vaa samaradorligini oshirish, sohaga davlat tibbiy sugʻurtasi tizimini bosqichma-bosqich joriy etish, tibbiy xizmatlar bozorida zamonaviy raqobat muhitini yaratish, aholining kafolatlangan va sifatli tibbiy yordamdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish boʻyicha  keng chora tadbirlar amalga oshirilmoqda. Davlat tibbiy sugʻurtasi tizimini hududlarda joriy etishga qizgʻin tayyorgarlik davom etmoqda. "Xorazm Dori-Darmon" masʼuliyati cheklangan jamiyatida ayni shu mavzuda yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda  MCHJ direktori, boʻlim boshliqlari, ombor va ijtimoiy dorixonalar mudirlari ishtirok etishdi. 

Maʼlumki, 2025-yildan boshlab, bosqichma-bosqich viloyatlarda reimbursatsiya, yaʼni elektron retsept dasturi joriy etiladi. Davlat tibbiy-sugʻurta jamgʻarmasining Xorazm viloyat bosh mutaxassisi  E. Bobojonov  reimbursatsiya dasturining  oʻziga xos jihatlari va qulayliklari toʻgʻrisida, shuningdek rimbursatsiya dasturiga ulanish uchun koʻrilishi kerak boʻlgan chora-tadbirlar haqida maʼlumotlar berib oʻtdi. "Xorazm Dori-Darmon" MCHJning viloyatning barcha tumanlarida ijtimoiy dorixonalari mavjudligi,  VMning 204-sonli qaroriga asosan imtiyozli retseptlar orqali aholini bepul dori vositalari bilan taʼminlayotgani va bu holat reambursatsiya dasturini amalga oshirish imkonini osonlashtirishini taʼkidlandi.

Reimbursatsiya tizimi oilaviy shifokorning vakolatlarini kengaytirish, oʻziga biriktirilgan aholining qarovga muhtoj qatlamini muntazam kuzatib borish, har bir dori vositasini maqsadli va manzilli buyurilishi, shifoxonaga murojaatlar sonini kamaytirish, aholining birlamchi tizimga boʻlgan ishonchini oshirishga xizmat qiladi.

Bunda kasalliklarni ambulator davolash uchun oilaviy shifokor bemorlarga axborot tizimi orqali dori vositalari  uchun elektron retsept beradi va  bemor retsept asosida Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi bilan tegishli shartnoma tuzgan dorixonalardan  dorilarni bepul oladi.

Reimbursatsiya tizimi doirasida arterial gipertoniya, yurak ishemik kasalligi, qandli diabetning 2-turi, bronxial astma va oʻpkaning surunkali obstruktiv kasalliklarini ambulator sharoitda davolash uchun 11 turdagi dori vositasi kiritilgan. 

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech