15:38 (02.04.2026)
41
Joriy yilning 24 fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan muloqotida mamlakatimizda har haftaning payshanba kuni vazirlik, idora va hokimliklarda “Yoshlar kuni” bo‘lishi belgilangan edi.
Bugun "Yoshlar kuni" munosabati bilan “Andijon Dori-Darmon" AJ boshqaruv raisi Shuhrat Ro‘ziboyev Andijon viloyati Buloqboshi tumanidagi 20- umumta’lim maktabida bo‘lib, yoshlar bilan uchrashdi.
Uchrashuvda yoshlarning muammolari o‘rganildi, takliflari, tashabbuslari tinglandi. Prezidentimizning yoshlar bilan bo‘lgan uchrashuvida ilgari surilgan muhim tashabbuslar yoshlarga tushuntirilib, ularning kelajakda amalga oshirmoqchi bo‘lgan rejalari muhokama qilindi.
Tadbirkor, hunarmand yoshlar esa o‘z ijod na’munalaridan, egallagan kasb mahoratlari yo‘nalishlarida ko‘rgazma tashkil qilib, biznes loyihalarini taqdim qilishdi. “Andijon Dori-Darmon" AJ boshqaruv raisi Shuhrat Ro‘ziboyev va boshqa mas’ullar mazkur loyihalarni yanada mukammallashtirish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini, ko‘maklarini berishdi.
Shuningdek uchrashuv davomida yoshlar o‘rtasida futbol musobaqasi tashkil etilib, bellashuv yakunida g‘olib jamoalar munosib ravishda taqdirlandi.
Mazkur tadbir yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qildi.