08:59 (29.09.2023)
1891
Kichik biznesni qoʻllab-quvvatlash dasturi amalga oshiriladi
Tadbirkorlar “Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash” kompleks dasturida ishtirok etishlari mumkin boʻladi. Biznesni rivojlantirish banki dasturni amalga oshirish va takomillashtirib borish boʻyicha asosiy tayanch bank etib belgilanmoqda.
2023-2026-yillarda Dasturni amalga oshirish uchun:
Elektr taʼminoti va gaz uchun tariflar oʻzgarmoqda
Yoqilgʻi-energetika resurslariga yangi tariflar belgilanmoqda. Shu bilan birga, joriy kuz-qish mavsumida issiqlik taʼminoti xizmatlari boʻyicha aholi uchun narxlar oshirilmaydi.
Ijtimoiy xizmatlar boʻyicha murojaatlar - yagona tizim orqali
“Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi Prezident huzurida Ijtimoiy himoya milliy agentligi
tasarrufiga oʻtkaziladi.
Aholiga koʻrsatiladigan barcha turdagi ijtimoiy xizmatlar va yordamlar, shu jumladan, kam taʼminlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordamlar boʻyicha arizalar mazkur axborot tizimi orqali qabul qilinadi.
Onalik va bolalikni muhofaza qilish markazi tashkil etiladi
Oʻzbekistonda ona va bolalikni muhofaza qilish boʻyicha Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, shuningdek, markazning 14 ta hududiy filiali tashkil etiladi.
Markazda homilador ayollar va yangi tugʻilgan chaqaloqlarni skriningdan oʻtkazish boʻyicha ixtisoslashtirilgan va yuqori texnologiyali diagnostika va davolash amaliyotlari joriy etiladi. Shuningdek, akusherlik-ginekologik, tibbiy-genetik maslahat xizmatlari koʻrsatiladi.
IT-sohasini qoʻshimcha qoʻllab-quvvatlash choralari
Tadbirkorlik subyektlariga elektron tijorat faoliyati doirasida erkin ombor bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlar bilan chakana savdo operatsiyalarini amalga oshirishga ruxsat beriladi.
V2 va undan yuqori xorijiy til bilish darajasiga ega boʻlgan fuqarolar tomonidan tizim boshqaruvi, maʼlumotlar bazasi va "bulutli" platformani boshqarish, axborot xavfsizligini taʼminlash va boshqa talab yuqori boʻlgan yoʻnalishlarda xalqaro IT-sertifikatlarni olish xarajatlarining 100 % qismini qoplash tizimi joriy etiladi.
Loyiha hujjatlarini ekspertiza qilish sohasi mutaxassislari sertifikatlanadi
Seysmik xavfsizligi II-IV toifadagi bino va inshootlar buyicha loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish, qurilish-montaj ishlarini bajarish va nazorat funksiyalarini amalga oshirish yoʻnalishlaridagi faoliyat yurituvchi mutaxassislarni sertifikatlash tartibi joriy etiladi.
Korporativ munosabatlar sohasi takomillashtiriladi
Qimmatli qogʻozlar fond birjasining listingiga kiritilgan xoʻjalik jamiyatlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq oshkor etiladigan axborot va hisobotlar bilan bir qatorda pul mablagʻlarining harakati hamda aksiyalar chiqarishning bir qismi bekor qilinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oshkor etadi.
Qimmatli qogʻozlar fond birjasining listingiga kiritilmagan xoʻjalik jamiyatlari roʻyxati qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadigan muhim faktlarni majburiy tartibda oshkor etmaydi, bundan tijorat banklari, sugʻurta tashkilotlari va ustav fondida davlat ulushi 50 % va undan yuqori boʻlgan AJ, shuningdek ularning tarkibidagi AJlar mustasno.
Ish beruvchilar BHMning 3 baravari miqdorida subsidiya olishlari mumkin
Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga (byudjet tashkilotlari, davlat korxonalari, davlat ulushi 50 % va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslardan tashqari) BHMning 3 baravari miqdorida bir martalik subsidiya ajratiladi.
Raqobatni rivojlantirish sohasida yangi qoidalar
Eksklyuziv huquqlar berilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning reestri (roʻyxati) joriy etiladi va ushbu reestrni yuritish hamda xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan kamsitmaslik shartlariga rioya etilishi ustidan nazorat Raqobat qoʻmitasiga yuklatiladi.
Raqobat qoʻmitasi bitim shartlarini, tovarlar realizatsiya qilinadigan hududni va narxni belgilashga bir tomonlama taʼsir koʻrsatish imkoniyatiga (ustun muzokara kuchiga) ega boʻlgan subyektlarni aniqlaydi va ular tomonidan ustun muzokara kuchini suiisteʼmol qilishni taqiqlaydi.
10 mln soʻmdan yuqori moliyaviy sanksiyalar – sud orqali
Tadbirkorlik subyektlariga miqdori 10 mln soʻmdan yuqori boʻlgan soliqqa oid huquqbuzarliklar uchun, agar tadbirkorlik subyekti huquqbuzarlikni inkor etsa, moliyaviy sanksiyalarni faqatgina sud tartibida qoʻllash amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi.