10:03 (14.02.2023)
2702
Temuriylar sulolasi vakili, oʼzbek mumtoz adabiyotining yorqin namoyondasi – Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-yilning 14-fevral kuni dunyoga kelgan.
– Ingliz olimi Uilyam Yerskin Bobur haqida shunday degandi: “Saxovati va mardligi, isteʼdodi, ilm-fan, sanʼatga muhabbati va ular bilan muvaffaqiyatli shugʼullanishi jihatidan Osiyodagi podshohlar orasida Boburga teng keladigan birorta podshoh topilmaydi”.
– Bobur ota tomondan Amir Temurning beshinchi avlodi edi. Uning otasi Umarshayx Mirzo Fargʼona viloyati hokimi, onasi Qutlugʼ Nigorxonim esa Mugʼuliston xoni va Toshkent hokimi Yunusxonning qizi boʼlgan.
– Bobur otasi Umarshayh Mirzonining baxtsiz hodisa oqibatida vafot etishi tufayli 12 yoshida taxtga chiqqan.
– Boburiylar sulolasi 3,5 asr mobaynida zamonaviy Hindiston, Pokiston, Bangladesh va janubi-sharqiy Afgʼoniston hududlarini nazorat qilgan.
– Tarixiy manbalarda Boburning oʼta kuchli va gʼayratli inson boʼlgani qayd etiladi. Maʼlumotlarga koʼra, u saroy ichida ikkita yelkasida ikkita baquvvat erkakni koʼtarib olib mashq qilgan.
– Boburning toʼrt farzandi – Humoyun Mirzo, Gulbadan Begim, Komron Mirzo va Hindol Mirzo Qobulda dunyoga kelgan. Boburning qizi Gulbadan Begim oʼrta asrlarda Markaziy Osiyodan yetishib chiqqan yagona ayol tarixchi boʼlgan.
– “Boburnoma” asari “Turkiy tilda yozilgan yeng yaxshi nasriy asar” deya eʼtirof yetiladi. “Boburnoma” bugungi kunga qadar 31 ta tilga tarjima qilingan.
– Bobur Afgʼonistonning Qobul shahridagi “Bogʼi Bobur”ga dafn etilgan.