11:48 (27.03.2024)
1869
Yaponiyada Kobayashi Pharmaceutical farmatsevtika kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan qizil xamirturushli guruch qoʼshimchalarini qabul qilgan ikki kishi vafot etdi va 106 kishi kasalxonaga yotqizildi. Bu haqda 26-mart kuni Kyodo agentligi ishlab chiqaruvchi kompaniya va mamlakat Sogʼliqni saqlash vazirligiga tayanib xabar berdi.
Taʼkidlanishicha, jabrlanganlar haqidagi dastlabki maʼlumotlar 25 mart kuni kela boshlagan. Ikki kun ichida shunga oʼxshash alomatlarga ega boʼlgan xabarlar soni 26 tadan 106 taga koʼtarildgan.
Korporatsiya maʼlumotlariga koʼra, shikastlangan partiya Osakadagi korxonasida ishlab chiqarilgan. Ayni paytda qizil xamirturushli guruchdan foydalaniladigan bir nechta mahsulot liniyasi ishlab chiqarishdan toʼxtatilgan va sotuvdan olib tashlangan.
Hukumat shifobaxsh xususiyatlarga ega boʼlgan oziq-ovqat mahsulotlarini shoshilinch tekshirishni tashkil qiladi. Ushbu turkumga 6 mingga yaqin mahsulotlar kiradi.