11:48 (22.12.2023)

930

2023-yil sarhisobi. Qonunchilik

2023-yil ham yakunlanib bormoqda. Yil davomida sogʻliqni saqlash sohasida koʻplab qonunlar, huquqiy hujjatlar qabul qilindi.

Kompaniya matbuot xizmati tomonidan oylar kesimida qabul qilingan huquqiy hujjatlar xronologiyasi tuzib chiqildi va taqdim etib boriladi.

16.01.2023-yil. “Tibbiyot muassasalarini moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom” Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi (roʻyxat raqami 3416)

Nizomga koʻra, Jamgʻarma mablagʻlari quyidagi 2 yoʻnalish boʻyicha sarflanadi:

- 75 foizi barcha davlat tibbiyot muassasalari tibbiyot, farmatsevtika va boshqa xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishga;

- 25 foizi tibbiyot muassasasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, modernizatsiya qilish hamda taʼmirlashga.

 

20.01.2023-yil. “2023–2026-yillarda ftiziatriya va pulmonologiya xizmatini yanada rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–12-son) qabul qilindi.

Qarorga koʻra:

- tuman (shahar) koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalar tarkibidagi ftiziatriya boʻlimlari va xonalari negizida ftiziopulmonologiya boʻlimlari tashkil etiladi;

- viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazlaridagi bosh pulmonolog shtatlari hududdagi ftiziatriya va pulmonologiya markazlariga oʻtkaziladi;

- tungi uyqu sifati va nafas olish funksiyasi buzilishlarini tashxislash va davolash maqsadida “Uyqu apnoe” markazlari tashkil qilinadi.

20.01.2023-yil.  “Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallikka qarshi kurashish tizimini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–14-son) qabul qilindi

Qaror bilan Aholi orasida OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga doir 2023–2027-yillarga moʻljallangan kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech