10:20 (01.01.2024)

871

2023 yil sarhisobi. Qonunchilik-10

12.10.2023 yil. Prezident farmoni (PF-168-son) bilan “2022–2026 yillarda respublikaning farmatsevtika tarmogʼini jadal rivojlantirishga oid qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi Farmonga oʼzgartirish kiritildi.

Unga koʼra,  2024 yil 1 yanvardan farmatsevtika mahsulotlari xaridlariga ajratilishi rejalashtirilgan Davlat byudjeti mablagʼlari miqdori doirasida mahalliylashtiriladigan farmatsevtika mahsulotlarini ijobiy klinik sinovlar natijalari, davlat roʼyxatidan oʼtkazish hamda sertifikatlash jarayonlari asosida 10 yilgacha boʼlgan muddatga shartnoma tuzish orqali kafolatli xarid qilish mexanizmi joriy etiladi. (Ilgari 3 yil edi)

Bunda:
– Sogʼliqni saqlash vazirligi tomonidan kafolatli xarid uchun farmatsevtika mahsulotlariga boʼlgan talab ishlab chiqiladi;
– Farmatsevtika sanoatini rivojlantirish boʼyicha komissiya tomonidan avval respublika hududida ishlab chiqarilmagan, istiqbolda mahalliylashtiriladigan substantsiyalar, dori vositalarining xalqaro patentlanmagan nomlari (bunday nom boʼlmagan taqdirda, mansub dori vositalari guruh nomlari), tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar roʼyxati (keyingi oʼrinlarda — farmatsevtika mahsulotlari roʼyxati) tasdiqlanadi;
– farmatsevtika mahsulotlari roʼyxati Davlat xaridlari boʼyicha maxsus axborot portalida, Sogʼliqni saqlash vazirligi hamda Farmatsevtika tarmogʼini rivojlantirish agentligining rasmiy veb-saytlarida joylashtiriladi hamda yangilanib boriladi;
– texnik topshiriqlar asosida kafolatli xarid qilish shartnomalarini imzolash uchun gʼoliblar ochiq tanlovlar orqali aniqlanadi va Sogʼliqni saqlash vazirligi ushbu tanlovlarda davlat buyurtmachisi va benefitsiar mulkdor hisoblanadi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech