12:33 (25.12.2023)
924
04.04.2023 yil. “Аholini sifatli isteʼmol tovarlari bilan taʼminlashga qaratilgan qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi Prezident qarori (PQ–110-son) qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, isteʼmolchilar huquqlari himoya qilinishini taʼminlash, sertifikatlanmagan, saqlash muddati oʼtib ketgan, kontrafakt va isteʼmolga yaroqsiz tovarlarni ishlab chiqarish holatlari hamda ularning aylanmasiga chek qoʼyishda jamoatchilik nazorati kuchaytirildi.
Qarorga asosan, litsenziyalash va xabardor qilish tartib-taomillari doirasida qoʼshimcha talablar oʼrnatilayotgan faoliyat yoʼnalishlari roʼyxati tasdiqlandi.
Roʼyxatda:
• Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʼlishi bilan bogʼliq faoliyat.
• Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish (bundan oftalьmologiya tibbiy buyumlarini chakana realizatsiya qilish mustasno) ham bor.