10:03 (03.01.2024)
1341
Oʼzbekiston Respublikasining "Soliq va byudjet siyosatining 2024-yilga moʼljallangan asosiy yoʼnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʼzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʼzgartirish va qoʼshimchalar kiritish toʼgʼrisida"gi Qonuniga koʼra, qoʼshilgan qiymat soligʼi (QQS) boʼyicha ayrim imtiyozlar bekor qilindi.
2024-yil, 1-apreldan boshlab, quyidagilar boʼyicha savdo aylanmasi QQSga tortiladi:
– tibbiy xizmatlar;
– veterinariya xizmatlari;
– dori vositalari;
– veterinariya dori vositalari, tibbiyot va veterinariya uchun moʼljallangan buyumlar.
Shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda quyidagilar QQSga tortiladi:
– dori vositalari,
– veterinariya dori vositalari,
– tibbiyot va veterinariya uchun moʼljallangan buyumlar,
– shuningdek dori vositalarini, veterinariya dori vositalarini, tibbiyot va veterinariya uchun moʼljallangan buyumlarni ishlab chiqarish uchun qonunchilikda belgilanadigan roʼyxat boʼyicha olib kiriladigan xomashyo.