11:48 (28.03.2024)

1352

2024 yil 1 apreldan nimalar oʼzgaradi?

Tibbiy xizmatlarga QQS imtiyozlari bekor qilinadi. Quyidagi savdo aylanmasi boʼyicha QQS toʼlanadi:

➖ tibbiy xizmatlar;
➖ veterinariya xizmatlari;
➖ dori vositalari;
➖ veterinariya dori vositalari, tibbiyot va veterinariya uchun moʼljallangan buyumlar.

Shuningdek, 2024 yil 1 apreldan boshlab, Oʼzbekiston hududiga olib kirishda quyidagilar boʼyicha QQS toʼlanadi:

♦ dori vositalari;
♦ veterinariya dori vositalari;
♦ tibbiyot va veterinariya uchun moʼljallangan buyumlar, shuningdek, qonunchilikda belgilanadigan roʼyxat boʼyicha olib kiriladigan xomashyo.

Shuningdek:

➖ Subsidiyalar, imtiyozlar va preferensiyalar tadbirkorlik subʼektlariga barqarorlik reytingidagi oʼrnidan kelib chiqqan holda ajratiladi va qoʼllaniladi.

➖ 2024 yil 1 apreldan boshlab nogironligi boʼlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash hududiy markazlarida bolalar reabilitatsiyasi boʼlimlari tashkil etiladi.

➖ ijtimoiy himoya milliy agentligiga protez moslamalari va reabilitatsiya vositalari bilan elektron tijorat orqali vaucher asosida taʼminlashni toʼxtatmagan holda, 2024 yil 1 apreldan 2026 yil 1 aprelga qadar elektr yuritmali kreslo-aravacha va eshitish moslamalarini markazlashtirilgan tartibda xarid qilish va muhtoj shaxslarga yetkazib berish vakolati beriladi

➖ “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi tibbiy-ijtimoiy muassasalarda shartnoma asosida pulli xizmat koʼrsatish tartibi joriy etiladi. Bunda, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari hamda tibbiy-ijtimoiy muassasalarda shartnoma asosida koʼrsatiladigan pulli xizmatlar roʼyxati agentlik tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi;

➖ maxsus axborot platformasi orqali davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining raqamlashtirishga masʼul oʼrinbosarlari va xodimlari raqamlashtirish sohasidagi qoidalar va qonunchilik talablari boʼyicha «hayot davomida taʼlim olish» tamoyili asosida oʼqitiladi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech