09:00 (04.02.2025)
136
2024-yil mamlakatimiz bo‘ylab “103” xizmatiga jami 13 million 536 ming 396 ta chaqiriq kelib tushgan.
Jumladan, bajarilgan chaqiruvlarning aksariyati, ya’ni 9 million 695 ming 302 tasi shoshilinch ko‘rsatma bilan, shuningdek, surunkali kasalliklar – 3 million 399 ming 379 ta va tug‘uruqlar – 91 ming 447 tani tashkil qilgan.
Eng ko‘p murojaatlar:
✔️ Farg‘ona viloyati — 1 405 259 ta; ✔️ Toshkent shahri — 1 395 854 ta; ✔️ Andijon viloyati — 1 359 389 ta; ✔️ Toshkent viloyati — 1 260 608 ta; ✔️ Surxondaryo viloyati — 1 223 981 ta qayd etilgan.
Raqamlarga ko‘ra, o‘tgan 2024-yil davomida “103” xizmatiga jami 2713 ta yolg‘on chaqiriq kelib tushdi. Mazkur ko‘rsatkichni 2023-yilning ayni shu davri bilan taqqoslasak, qariyb 792 taga kamayganini ko‘rish mumkin.
Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, 2024-yilning yanvar-dekabr oylarida eng ko‘p yolg‘on chaqiriq Samarqand viloyatida kuzatilib, mazkur raqam 645 tani tashkil etdi. Keyingi o‘rinda Qashqadaryo viloyati qayd etildi — 436 ta. Shuningdek, Farg‘ona viloyatidan 259 ta ana shunday murojaat kelib tushgan.
Eng kam yolg‘on chaqiriq esa Sirdaryo viloyatida ro‘yxatga olindi — 17 ta!