12:50 (16.12.2024)

724

2024-yil sarhisobi. Qonunchilik

2024-yil ham yakunlanib bormoqda. Yil davomida sog‘liqni saqlash sohasida ko‘plab qonunlar, huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Kompaniya matbuot xizmati tomonidan oylar kesimida qabul qilingan huquqiy hujjatlar xronologiyasi tuzib chiqildi va taqdim etib boriladi.

Yanvar

10.01.2024-yil. "O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi Qaror bilan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan jismoniy shaxslar tomonidan sotib olinganda QQS summasi qaytarib beriladigan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari ro‘yxatiga quyidagilar kiritildi:

▪️un;

▪️shakar;

▪️dori vositalari va tibbiy xizmatlar.

Bunda qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini qaytarish oyiga BHMning 10 baravarigacha bo‘lgan xaridlar summasi doirasida amalga oshirilishi belgilandi.

10.01.2024-yil. Davlatimiz rahbarining “Farmatsevtika tarmog‘ini yanada rivojlantirish va investitsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra:

— har yili 1-dekabrgacha tibbiyot muassasalarining ehtiyojlaridan kelib chiqib, kelgusi yil uchun farmatsevtika mahsulotlariga bo‘lgan talab va ehtiyoj shakllantiriladi va internet saytida joylashtiriladi;

— 2024-yil 1-martdan davlat xaridlarini amalga oshirishda davlat buyurtmachisi bir lotda faqat bitta farmatsevtika mahsulotini (xalqaro patentlanmagan nomi bo‘yicha dori vositalari va tibbiy buyumlar) kiritishi mumkin bo‘lgan tizim joriy qilindi;

— 2025-yil 1-yanvardan bosqichma-bosqich barcha tibbiyot muassasalari tomonidan markazlashmagan tartibda xarid qilinadigan farmatsevtika mahsulotlari xaridi markazlashtirilgan tartibga o‘tkaziladi.

2024-yil yakunigacha hududiy tibbiyot tashkilotlarining omborlari “Zarur saqlash amaliyoti – (GSP)” talablari asosida tashkil etiladi va termolabil dori vositalarini yetkazib berish uchun maxsus yuk tashuvchi avtotransport vositalari bilan ta’minlanadi.

22.01.2024-yil. "Sog‘liqni saqlash sohasida islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Qarori qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, Sog‘liqni saqlash vazirligi tuzilmasida davlat muassasasi shaklida “Sog‘liqni saqlash loyihalari markazi” loyiha ofisi tashkil etildi. Loyiha ofisi quyidagi ustuvor yo‘nalishlarda yangi mexanizmlarni joriy qilishga mas’ul etib belgilandi, jumladan:

????davlat tibbiy sug‘urtasi tizimini va davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy xizmatlar va dori vositalari paketini to‘liq joriy etish;

????tibbiy xizmatlar sifati va xavfsizligi ustidan nazorat tizimini takomillashtirish;

????davlat xaridlari samarasi va shaffofligini oshirish, farmatsevtika sohasini isloh qilish;

????sanitariya qoida va normalarini zamonaviy talablar asosida yangilash.

23.01.2024-yil. “Farmatsevtika sohasini tartibga solish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi. Farmonga ko‘ra,

➖2024-yil 1-iyulga qadar farmatsevtika mahsulotlarini ulgurji sotish bilan shug‘ullanuvchi barcha mahalliy korxonalar Zarur distribyutorlik amaliyoti (GDP) milliy talablariga muvofiq majburiy sertifikatlashtiriladi;

➖2025-yil 1-yanvarga qadar farmatsevtika mahsulotlarini_ chakana sotish bilan shug‘ullanuvchi tarmoqli dorixonalar,

➖2026-yil 1-yanvarga qadar boshqa dorixonalar Zarur dorixona amaliyoti (GPP) milliy talablariga muvofiq majburiy sertifikatlashtirilishi lozim;

➖2024-yil 1-iyuldan boshlab, yangi tashkil etiladigan dori vositalari va tibbiy buyumlar saqlanadigan bojxona omborlari va erkin omborlar_ majburiy ravishda “Zarur saqlash amaliyoti - GSP” talablariga muvofiq tashkil etiladi;

➖ 2026-yil 1-yanvardan boshlab GSP talablariga muvofiqlik bo‘yicha sertifikatga ega bo‘lmagan bojxona omborlari va erkin omborlarda dori vositalarini saqlash taqiqlanishi belgilab qo‘yildi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech