14:54 (17.12.2024)
595
15.02.2024. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligini Jahon savdo tashkiloti bitimlariga muvofiqlashtirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi.
Qonun bilan milliy intellektual mulk tizimini JSTning Intellektual mulk huquqining savdo bilan bog‘liq jihatlari to‘g‘risidagi bitimi talablariga uyg‘unlashtirish maqsadida original dori vositalarini ishlab chiqaruvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash, xususan, dori vositasini yaratish jarayonida o‘tkaziladigan tadqiqotlar natijasida olinadigan klinik oldi va klinik sinovlar natijalarini himoya qilish va boshqa talablar belgilandi.
21.02.2024-yil. Prezidentning “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risidagi Farmoni qabul qilindi.
Dastur bilan 2024-yil yakuniga qadar ehtiyojdan kelib chiqib, viloyatlar markazlari, shuningdek, Toshkent va Nukus shaharlarida kamida bittadan og‘ir gematologik, onkologik va klinik immunologik kasalliklari bor bemorlarga palliativ yordam ko‘rsatuvchi xospislar tashkil etish topshirildi.
a) 2024-yil 1-mayga qadar:
2025-yildan boshlab katta yoshdagi aholi orasida yuqumli bo‘lmagan kasalliklar xavfli omillarining tarqalganligini o‘rganish; Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan birgalikda 2026-yildan boshlab o‘tkaziladigan maktab o‘quvchilari orasida tamaki mahsulotlarini iste’mol qilishning tarqalganlik hamda ularning psixologik holatini o‘rganish bo‘yicha rejani ishlab chiqish;
b) 2024-yil 1-dekabrga qadar Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali sog‘liqni saqlash sohasida ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari sonini 17 tadan 24 taga yetkazsin va buning doirasida fuqarolarning onkologik, kardiologik va endokrinologik skriningdan o‘tishi natijasi, ularni davolash uchun ajratiladigan pullar to‘g‘risida ma’lumot olish imkoniyatini yaratish belgilandi.
27.02.2024. “Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, davlat tomonidan kafolatlangan tarzda ta’minlanadigan protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari turlari 18 tadan 30 taga kengaytirildi.
2024-yil 1-maygacha Toshkent shahri va Samarqand viloyatida, 2024-yil 1-oktyabrgacha respublikaning boshqa barcha hududlarida muhtoj shaxslarni protez moslamalari va reabilitatsiya vositalari bilan vaucher asosida ta’minlash tartibi joriy etilishi belgilandi.