14:50 (23.12.2024)

59

2024-yil sarhisobi. Qonunchilik. May

06.05.2024-yil. "O‘zbekiston Respublikasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yish orqali ularning aholi salomatligi va mamlakatimiz genofondiga salbiy ta’sirini bartaraf etish strategik chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmon bilan O‘zbekistonda giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha 2024 – 2028-yillarga mo‘ljallangan milliy strategiya tasdiqlandi.

21.05.2024 yil. “Onkologik, gematologik va immunologik kasalliklarga chalingan bolalarga tibbiy yordam ko‘rsatishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra:

- 2030-yilgacha onkologik kasalliklarga chalingan bolalarning omon qolish darajasini 60 foizga oshirish;

- gemopoetik o‘zak hujayralari va suyak ko‘migi hujayralarini transplantatsiya qilishni rivojlantirish;

- bemor bolalarni zarur dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan uzluksiz ta’minlash bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi sohasini rivojlantirishning ustuvor vazifalaridan etib belgilandi.

30.05.2024-yil. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritildi

Unga ko‘ra, “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunga dori moddalarini (substansiyalarni) davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibining bekor qilinishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish kiritildi.

Shu bilan birga “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi hamda “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlarga dori vositalarini retsept bilan va retseptsiz beriladigan dori vositalari toifasiga kiritish tartibini tasdiqlash vakolati Sog‘liqni saqlash vazirligi zimmasiga yuklandi. Shuningdek retseptsiz yoki shifokor retsepti bo‘yicha beriladigan dori vositalari to‘g‘risidagi axborotni ularning tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomalarda hamda Tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga ruxsat etilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika davlat reyestrida ko‘rsatish talabi joriy etildi.

30.05.2024-yil. “112” yagona dispetcherlik xizmati faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, hodisa va favqulodda vaziyatlar ro‘y berganda shoshilinch yordam ko‘rsatish uchun “112” qisqa raqam orqali fuqarolarning chaqiruvlarini qabul qilish va avtomatlashtirilgan tarzda qayta ishlash imkonini beruvchi yagona dispetcherlik xizmati tashkil etiladi. 112 yagona dispetcherlik xizmati IIV, FVV, SSV, Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda «Hududgazta’minot» shoshilinch xizmatlarini ma’lumotlarni uzatishning yagona tarmog‘iga birlashtiradi.

30.05.2024-yil. “Majburiy raqamli markirovkalash jarayonlarini jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2027-yil 1-yanvargacha raqamli markirovkalangan mahsulotlar chakana savdosini amalga oshiruvchi tadbirkorlar uchun markirovkani o‘qish qurilmalarini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlar summasiga, biroq bitta qurilma uchun BHMning 4 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda, hisoblangan va to‘lanishi lozim bo‘lgan foyda solig‘i yoki aylanmadan olinadigan soliq yoxud yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan to‘lanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i summalari kamaytirish huquqi berildi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech