09:13 (04.12.2025)

42

2026-yil 1 yanvardan boshlab Davlat organlari faolligining milliy reytingi joriy etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Davlat fuqarolik xizmatini yangi yondashuvlar asosida tashkil etish hamda professional va natijadorlikka yo‘naltirilgan davlat xizmatchilari korpusini shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoniga ko‘ra 2026-yil 1 yanvardan boshlab Davlat organlari faolligining milliy reytingi joriy etiladi.

Unga quyidagi asosiy yo‘nalishlarda erishilgan natijalar kiritiladi:

1️⃣ davlat organlarining HR samaradorligi;
2️⃣ Davlat xizmatlarini ko‘rsatishning tezkorligi va sifati;
3️⃣ davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligi;
4️⃣ davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligi;
5️⃣ davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining raqamlashtirilganlik darajasi;
6️⃣ respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari va ular o‘rinbosarlarining faoliyati samaradorligi;
7️⃣ normativ-huquqiy hujjatlar bilan joriy etilgan hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa reytinglar.

Reyting natijalariga ko‘ra quyi pog‘onadagi davlat idoralarining ish usullarini o‘zgartirish, boshqaruv jarayonlarini optimallashtirish (BPR-reinjiniring) choralari amalga oshiriladi hamda Hukumat majlislarida rahbarlar faoliyatiga baho berib boriladi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech