16:59 (23.04.2026)
24
O‘zbekistonda joriy yil boshidan buyon meningokokk infeksiyasi bilan bog‘liq holatlar ko‘paygan. Infeksiya bilan bog‘liq 174 ta holatning 168 tasi bolalar bilan bog‘liq. Bu haqda Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi xabar berdi.
“Respublikamizda 2026 yilning 1-choragida 174 ta meningokokk holati ro‘yxatga olingan bo‘lib shundan 168 nafari 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarni tashkil qilmoqda. Kasallik dinamikasiga ko‘ra, aprel oyida mart oyiga nisbatan 14 foizga kamayganligi kuzatilmoqda”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, meningit – bu bosh va orqa miya pardalarining yallig‘lanishi bo‘lib, ko‘pincha bakteriya yoki viruslar sababli yuzaga keladi va tez rivojlanishi bilan xavfli. Oldini olish choralariga quyidagilar kiradi:
Shuningdek, Haj va Umra safarlariga borishdan avval meningokokk infeksiyasiga qarshi emlanishlarini ziyoratdan kelgandan so‘ng ommaviy tadbirlardan cheklanish tavsiya qilinadi. Emlash – meningokokk infeksiyasidan ishonchli himoyalanishning eng samarali usullaridan biri.
Sanepidqo‘mitaga ko‘ra, respublikada epidemiologik vaziyat barqarorligini saqlash uchun keng ko‘lamli choralar amalga oshirilmoqda. Mamlakatdagi epidemiologik vaziyat va ko‘rilayotgan choralar haqida ishonchli manbalardan ma’lumot olish so‘raladi.