11:50 (05.02.2025)
64
GPP- yaxshi dorixona amaliyoti xalqaro standart bo‘lib, unga dunyoning barcha rivojlangan mamlakatlaridagi dorixonalar amal qiladi.
Yaxshi dorixona amaliyoti Davlat standarti aholiga farmatsevtlar tomonidan ko‘rsatiladigan farmatsevtika xizmatlarining tegishli sifatini ta’minlash va dorixonalar kundalik faoliyatining barcha masalalari va jihatlarini qamrab olishi maqsadida ishlab chiqilgan.
Standart quyidagilarga yo‘naltirilgan: — aholini sifatli, xavfsiz, arzon dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlash; — bemorga dori vositalari haqida ishonchli ma’lumot taqdim etish; — sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va kasalliklarning oldini olish; — retsept asosida beriladigan dori vositalaridan oqilona foydalanishga targ‘ib qilish va dori vositalarining nojo‘ya ta’siri haqida ma’lumot berish; — aholining o‘z-o‘zini davolash usulini qo‘llashga qaror qilgan taqdirda ularga yordam ko‘rsatish.
Dorixona tomonidan GPP qoidalarining joriy etilganligi Zarur amaliyotlar markazi tomonidan "Yaxshi dorixona amaliyoti" (GPP) O‘z DSt 3127:2016 Davlat standarti talablariga muvofiqlik sertifikati bilan tasdiqlanadi.
“Qashqadaryo Dori-Darmon” MCHJga qarashli 24 ta dorixona GPP sertifikatiga ega bo‘ldi:
1. Qashqadaryo viloyati, Qarshi tumani, Qovchin MFY da joylashgan 41-sonli shoxobcha;
2. Qashqadaryo viloyati, Qarshi tumani, Hilol qishlog‘ida joylashgan 11-sonli shoxobcha;
3. Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahrida joylashgan 17-sonli shoxobcha;
4. Qashqadaryo viloyati, Yakkabog‘ tumani, Ayg‘irko‘l MFY da joylashgan shoxobcha.
5. Qashqadaryo viloyati, Qamashi tumani, Navoiy MFYda joylashgan 9-sonli shoxobcha;
6. Qashqadaryo viloyati, Qarshi tumani, Yangobod qishlog‘ida joylashgan 215-sonli shoxobcha;
7. Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumani, Avazmalik qishlog‘ida joylashgan 226-sonli shoxobcha;
8. Qashqadaryo viloyati, Yakkabog‘ tumani, Shov qishlog‘ida joylashgan 10-sonli shoxobcha;
9. Qashqadaryo viloyati, Nishon tumani, “Samarqand” OSHP binosida joylashgan 218-sonli shoxobcha;
10. Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumani, “Qutchi” OSHP binosida joylashgan 158-sonli shoxobcha.
11. Qashqadaryo viloyati, Nishon tumani, “Qodiriy” OSHP binosida joylashgan 129-sonli shoxobcha.
12. Qashqadaryo viloyati, Muborak tumani, 24-sonli OP binosida joylashgan 47-sonli shoxobcha;
13. Qashqadaryo viloyati, Nishon tumani, “Do‘stlik” OSHP binosida joylashgan 7-sonli shoxobcha.
14. Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumani, 34-sonli OP binosida joylashgan 152-sonli shoxobcha;
15. Qashqadaryo viloyati, Kasbi tumani, “Ibn Sino” OSHP binosida joylashgan 185-sonli shoxobcha;
16. Qashqadaryo viloyati, Nishon tumani, “Nurli kelajak” OSHP binosida joylashgan 225-sonli shoxobcha.
17. Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumani, “Yangi qishloq” MFY da joylashgan 151-snli shoxobcha;
18. Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumani, Bahoriston qishlog‘ida joylashgan 50-sonli shoxobcha.
19. Qashqadaryo viloyati, Mirishkor tumani, № 27 OP binosida joylashgan 72-sonli shoxobcha;
20. Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumani, “Xayitko‘l” OSHP binosida joylashgan 52-sonli shoxobcha.
21. Qashqadaryo viloyati, Yakkabog‘ tumani, Alakuylak MFYda joylashgan 6-sonli shoxobcha;
22. Qashqadaryo viloyati, Qamashi tumani, Changak MFYda joylashgan 149-sonli shoxobcha;
23. Qashqadaryo viloyati, G‘uzor tumani, Yangi kent qishlog‘ida joylashgan 75-sonli shoxobcha.
24. Qashqadaryo viloyati, Kasbi tumani, Qatag‘on qishlog‘ida joylashgan 183-sonli shoxobcha.