10:08 (24.03.2025)
410
Har yili dunyo bo‘ylab 24-mart "Butunjahon silga qarshi kurash kuni" sifatida nishonlanadi. Robert Kox tomonidan 1882-yil 24-mart kuni sil kasalligi patogeni aniqlangani munosabati bilan dunyo bo‘ylab shu kun Jahon silga qarshi kurash kuni etib belgilangan.
Bu yil ham mazkur sana munosabati bilan “Ha! Silga barham bera olamiz! Majburiyatlar, investitsiyalar, natijalar” shiori ostida jahonning turli nuqtalari, jumladan, mamlakatimizda keng qamrovli targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, o‘tgan yili dunyo bo‘yicha 10,8 million kishiga sil tashxisi qo‘yilgan. Ulardan 1,25 million nafari kasallik oqibatida hayotdan ko‘z yumgan.
2000-yildan beri silga qarshi kurash bo‘yicha global sa’y-harakatlar tufayli 79 million kishining hayoti saqlanib qolingan.