12:00 (21.05.2026)

78

2,5 mingga yaqin dorixonada cheklangan savdo ustamasi asossiz oshirilgani aniqlandi

Isteʼmolchilardan asossiz mablagʻ olgan dorixonalarga tegishli taʼsir choralari qoʻllanildi. Bu haqida Raqobat qoʻmitasi maʼlumot berdi.

Maʼlumki, davlatimiz rahbarining 2022-yil 26-oktyabrdagi qarori asosida dori vositalari narxlarini nazorat qilish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish boʻyicha raqamlashtirilgan tizim joriy etilgandi. Mazkur tizim orqali chakana va ulgurji savdoda dori vositalari narxlarining asossiz oshirilishini inson omilisiz aniqlash mexanizmi yoʻlga qoʻyilgan.

Shuningdek, Raqobat qoʻmitasining taklifiga asosan 2026-yil mart oyidan dori vositalari referent narxlarini nazorat qilish tizimi yanada takomillashtirildi. Xususan, ulgurji savdoda dori vositalari narxi belgilangan referent narxdan yuqori qoʻllanilganda soliq organlari tomonidan hisob-fakturalarni roʻyxatga olish avtomatik toʻxtatish (validatsiya) tizimi joriy etildi.

Natijada ulgurji savdoda narxlarni sunʼiy oshirish holatlarining oldi olinib, 12,5 mingdan ziyod chakana dorixonalarga dori vositalarini belgilangan referent narxdan qimmat sotilishi avtomatik ravishda oldi olinadi.

Tekshiruvlar davomida 2,5 mingga yaqin dorixona tomonidan 686 mingga yaqin holatda cheklangan savdo ustamasi 10 foizdan 3 barobargacha oshirib qoʻllangani aniqlanib, isteʼmolchilardan asossiz ravishda 21,1 mlrd soʻm mablagʻ olingani aniqlangan va qaytarish yuzasidan tegishli choralar koʻrilgan.

Xususan, 2026-yilning birinchi choragida 190 dan ortiq dorixonada 110,5 mingga yaqin holatda 1,4 milliard soʻmdan ziyod mablagʻ asossiz olingani qayd etilgan.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech