09:40 (07.02.2023)
2699
GSK kompaniyasi siydik yoʼllari infektsiyalarini davolash uchun moʼljallangan gepotidatsin antibiotikini savdoga chiqarishga yaqin. Hozirgi antibiotiklar bu kasallikka qarshi samarasiz, deb xabar berdi Daily Mail nashriga tayanib Gazeta.ru.
Oʼn yildan koʼproq vaqt davomida ishlab chiqilgan gepotidatsin agar tasdiqlansa, deyarli 40 yil ichida yaratilgan birinchi antibiotik boʼladi.
Siydik chiqarish yoʼllari infektsiyasining belgilari odatdagidan koʼra tez-tez hojatxonaga borganda keskin ogʼriq va siydik pufagi boʼsh boʼlganida hojatxonaga borish kerakligini his qilishni oʼz ichiga oladi. Koʼpincha infektsiya ayollarda rivojlanadi va zamonaviy antibiotiklar unga qarshi samarasiz.
Gepotidatsin boshqa bir qator kasalliklarni, jumladan, antibiotiklarga oʼta chidamli infektsiyalardan biri hisoblangan gonoreyani davolash uchun ham ishlatilishi kutilmoqda.
Dorini ishlab chiqaruvchi GSK farmatsevtika kompaniyasi 2023 yil bahorida uni savdoga chiqarish uchun ruxsatnoma olishni rejalashtirmoqda.