18:00 (14.01.2025)
659
COVID-19 pandemiyasidan keyin antiseptiklardan keng foydalanila boshlandi. Ular haqiqatan ham shunchalik samaralimi?
Mif 1. "Spirtli ichimliklar yaxshi antiseptik hisoblanadi"
Shuni tushunish kerakki, darajasi 60 dan past bo‘lgan spirtli ichimliklar patogen mikrofloraning katta qismini yo‘q qila olmaydi. Shunday ekan, har qanday tarkibida spirt mavjud bo‘lgan ichimliklar kerakli samarani bera olmaydi.
Mif 2. "Antiseptiklar terini quritib yuboradi"
Zamonaviy antiseptiklar parvarishlash xususiyatiga ega bo‘lgan namlovchi moddalar va o‘simlik ekstraktlarini o‘z ichiga oladi, shuning uchun antiseptiklar teriga zarar yetkazmaydi. Ammo siz spirtdan foydalansangiz terini quritish muammosini keltirib chiqaradi.
Mif 3. "Sovun antiseptiklardan yaxshi"
Sovun va antiseptiklar bir xil ta’sir qiladi. Antiseptiklar terini xuddi shunday bakteriyalardan, sovun esa oddiy iflosliklardan ham tozalaydi. Shunday qilib, qo‘llarni dezinfeksiya qilish uchun ikkala vosita ham bir xil samarali.
Mif 4. "Qancha ko‘p bo‘lsa, samara shuncha yaxshi"
Aslida qo‘llarni dezinfeksiya qilish uchun bir necha tomchi kifoya qiladi. Asosiysi - qo‘llarga, ayniqsa, barmoqlar orasidagi zonalarga yaxshilab ishlov berish kerak.
Mif 5. "Spirt antiseptiklarga qaraganda samaraliroq"
Ma’lum bo‘lishicha, 85-98 foizli spirt, tarkibida spirt kam bo‘lgan antiseptiklarga qaraganda kamroq antibakterial ta’sir ko‘rsatadi. Gap shundaki, toza spirt juda tez bug‘lanadi va barcha patogen mikroflorani o‘ldirishga ulgurmaydi.