12:00 (17.10.2024)
365
2024-yil 9 oyi mobaynida Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markaziga huquqni muhofaza qilish organlari va tibbiyot tashkilotlari hamda fuqarolar tomonidan dori vositalari va tibbiy buyumlarni ekspertiza qilish uchun 1 479 ta (2023-yilning ushbu davriga nisbatan 1,06 baravar koʻp) murojaat kelib tushgan.
Bu haqda markaz matbuot xizmati xabar bermoqda.
Laboratoriya tahlillari natijasiga koʻra, 12 600 nomdagi 113 300 oʻramdan:
- 6527 nomdagi 63 935 oʻram — dori vositalarining muvofiqlik sertifikatlari mavjud emasligi;
- 110 nomdagi 695 oʻram — dori vositalarining yorliqlash koʻrsatkichi boʻyicha nomuvofiq ekanligi;
- 907 nomdagi 2646 oʻram — dori vositalarining yaroqlilik muddati tugagan, sifatsiz ekanligi;
- 67 nomdagi 5492 oʻram — dori vositalarini qalbakilashtirilganligi va ularni tibbiyot amaliyotida qoʻllash mumkinmasligi boʻyicha xulosa berildi.
Hamda sifati kafolatlanmagan mazkur dori vositalarining yurtimizdagi noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyildi.