13:58 (29.09.2023)
2044
Buyuk Britaniyaning nufuzli reyting tashkiloti – Times Higher Education agentligi oʼzining World University Rankings – 2024 reyting natijalarini eʼlon qildi.
Bu yil respublikamizning yana 20 ta oliy taʼlim muassasasi “reporter” maqomida qayd etilishi bilan TOP-1 000 talik reytingdan joy olish uchun daʼvogarlar oʼtgan yilgi 28 tadan 48 taga yetdi.
Mazkur 48 ta oliy taʼlim muassasasi THEning nufuzli reytinglariga kirish uchun nomzod sifatida tanlanib, bunda agentlik ularga yaqindan yordam beradi.
Ushbu reytingdan Sogʼliqni saqlash vazirligi tasarrufidagi 8 ta OTM oʼrin olgan. Ular:
— Toshkent tibbiyot akademiyasi;
— Samarqand davlat tibbiyot universiteti;
— Toshkent pediatriya tibbiyot instituti;
— Toshkent davlat stomatologiya instituti;
— Toshkent farmatsevtika instituti;
— Аndijon davlat tibbiyot instituti;
— Buxoro davlat tibbiyot instituti;
— Fargʼona jamoat salomatligi tibbiyot instituti.
Bunda OTMlarning 18 ta indikator asosida 5 ta yoʼnalishdagi samaradorlik koʼrsatkichlari baholandi:
— oʼqitish;
— tadqiqot muhiti;
— tadqiqot sifati;
— sanoat;
— xalqaro istiqbollar.
Maʼlumot oʼrnida, joriy yil ushbu reytingda 108 ta davlatdan 1 904 ta universitet faoliyatini baholash boʼyicha maʼlumot taqdim etgan boʼlib, ulardan 769 tasi “reporter”, yaʼni daʼvogar universitetlar maqomiga ega boʼldi.